Aorslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Aorslar

Aorslarsarmat qabilalarining yirik ittifoqi. A. haqida ma’lumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tatsit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomala-rida A. yansay nomi bilan keltirilgan. A. dastlab Orol yoki Kaspiy dengizi-ning shim.da yashagan. Mil. av. 2-a. da Kaspiy dengizining shim. bilan Don daryo-si oraligiga va Kavkaz tog‘lari tomonga tarqalgan. A. jangari ko‘chmanchi chorva-dorlar bo‘lib, Kavkaz, Bospor davlati, Turkiston xalqlari o‘rtasidagi savdo ishlarida, Bospor davlatidagi taxt uchun o‘zaro urushlarda faol qatnashgan. 2-a.da alanlar boshchiligidagi yirik sarmat qabilalari ittifoqiga qo‘shilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil