Katafraktlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katafraktlar (yun. Kataphraktoi -sovutga oʻralgan) — 1) qad. xalqlarda maxsus otliq qoʻshin turi; dastlab forslar, soʻngra ular orqali makedon va suryoniylar qoʻshinida paydo boʻlgan. K. mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida sarmatlar va Oʻrta Osiyoning jan.dagi Parfiya davlatida ham mavjud boʻlgan. Parfiyaliklar K.dan iborat zarbdor otliq qushini tufayli Rim sarkardasi Krase ustidan mil. av. 53 y. 9 mayda Karri jangiyaa galaba qozonishgan. Rim imperatorlari Adrian va, ayniqsa, Septimiy Sever davrida Rim armiyasida ham joriy etilgan. K. otliq qoʻshinidagi jangchilarning tanasini tangachasimon qoplamali sovut, boshlarini sipar dubulgʻa himoya qilgan. Otlar ham temir yoxud misdan yasalgan tangachasimon qoplamali sovut bilan himoyalangan. K.ning asosiy qurolyarogʻi nayza boʻlgan. Rim armiyasida xizmat qilayotgan xorijiy suvoriylar, koʻpincha, klibanariylar (lot. clibanus— sovut) deb atalgan. Konstansiy II davrida (337—360) kaytadan tashkil etilgan; 2) Yunonistonda mil. av. 3-asr boshlarida paydo boʻlgan yalang sahn — palubali, eshkakchilarni himoyalovchi taxta chetani bor harbiy kema. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil