Franklin Ruzvelt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ruzvelt Franklin Delanodan yoʻnaltirildi)
ROOSEVELT, Franklin

Franklin Delano Ruzvelt (ingl. Franklin Roosevelt; 1882.30.1, Xayd Park, Nyu York shtati — 1945.12.4, Uorl Springs, Jorjiya shtati) — AQSHning 32-prezidenti (193345). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan). Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928 yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). 2-jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil