Uzunkoʻl (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Uzunkoʻl tumani
qoz. Ұзынкөл ауданы
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Uzunkoʻl
Asos solingan sanasi 1939-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 25,264
Millatlar tarkibi ruslar — 42,07%
qozoqlar — 41,02%
ukrainlar — 9,66%
olmonlar — 1,77%
beloruslar — 1,72%
tatarlar — 0,95 [1][2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Uzunkoʻl tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71444[3]
Avtomobil raqami kodi P, 10

Uzunkoʻl tumani' — Qoʻstanoy viloyati]ning shimoliy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topdi. 1966-yilgacha Uzunkoʻl, 1966 — 96-yillarda Lenin tumani deb nomlanib keldi. Maydoni 7,2 ming km2. Aholisi 25 264 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Uzunkoʻl qishlogʻi.

Geografiyasi[tahrir]

Tuman Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy hududida joylashgan. Tuman yeri asosan tekislik, faqat markaziy va gʻarbiy qismi anchagina qir-adirliklardan tashkil topgan. Mutlaq balandligi 185 m. Obagʻan dar. vodiysining mutlaq balandligi 89 m. Hududining asosiy qismini koʻlli, soygʻoq landshaft tashkil qiladi.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining zichligi 1 km2-ga 3,8 kishidan toʻgʻri keladi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qahraton, boʻronli, yozi iliq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 19 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Tumanning gʻarbiy tarafidan Obagʻan daryosi oqib oʻtadi. Tumanda koʻllar koʻp, asosan koʻpchiligi chuchik suvli. Ularning umumiy hududi 33,8 ming ga. Katta koʻllari: Sarioba, Rechnoe, Saribaliq, Jarqayin, Jasilbagʻar, Ayjan, v.h.

Manbalar[tahrir]