Jangeldin (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jangeldin tumani
Жангелдин ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Toʻrgʻay
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Kenjegarin Asqarbek Ahmetbekovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 15,860 [1]
Zichligi 0,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar — 98,97%
Ruslar — 0,36%
Tatarlar — 0,26% [1][2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Jangeldin tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71439[3]
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://zhangeldy.kostanay.gov.kz/

Jangeldin tumani 1928-yili tashkil topdi. (1928-1950-yillarda — Toʻrgʻay tumani) — Qoʻstanoy viloyatining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 37,6 ming km². Aholisi 16,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Toʻrgʻay qishlogʻi.

Tarixi[tahrir]

Tuman 1928-yili Toʻrgʻay tumani nomi bilan tashkil topdi, 1950-yilda esa Jangeldin tumani deb nomi oʻzgartirildi. Jangeldin tumani — tarixi katta. A.Jangeldinning revolyutsiya xizmati, Amangeldi Imanov boshchiligidagi 1916-yilgi Sovet Hukumatiga qarshi ozodlik qoʻzgʻaloni Toʻrgʻay diyori bilan bogʻliq. Ibiray Altinsarin qozoq davlatidagi toʻngʻich qozoq-rus maktabini shu tumanda ochdi.[4]

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

  • qozoqlar — 24 577 kishi (98,97 %)
  • ruslar — 1266 kishi (0,36 %)
  • tatarlar — 879 kishi (0,26 %)
  • boshqalari — 66 kishi (0,42 %)
  • Umumiy — 15 860 kishi (100,00 %)

Geografiyasi[tahrir]

Jangeldin tumanining eri asosan Toʻrgʻay dalasi deb nomlanadigan dashtlardan iborat. Shimoliy-gʻarb tarafi dengiz sathidan balandligi 210 — 310 metr, Jilandi va Qargʻali togʻlari joylashgan Toʻrgʻay usyurtining janubiy-gʻarbiy chetini tashkil qiladi. Toʻrgʻay va Buyuk ilonchiq daryolari yoqalab Aygʻirqum, Toʻsin va Oqqum qumlari mavjud. Foydalali qazilmalaridan qurulish materiallari konlari bor.

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 17 °C, iyulniki 22 — 25 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 225 – 275 mm. Tumanda Toʻrgʻay, Oʻlkeyek, Buyuk ilonchiq va Teke daryolari va koʻllari mavjud. Katta koʻllari: Oqkoʻl, Jaman aqkoʻl, Sariqopa, Jarkoʻl, Ashitastisor.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]