Qorabaliq (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qorabaliq tumani
qoz. Қарабалық ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Qorabaliq
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 34 596
Millatlar tarkibi ruslar — 39,71%
qozoqlar — 29,38%
ukrainlar — 15,34%
olmonlar — 6,12%
tatarlar — 2,43%
beloruslar — 2,34%
boshqirdlar — 1,06 [1][2]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Qorabaliq tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71441 xxxxx[3]
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://karabalyk.kostanay.gov.kz/

Qorabaliq tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. (1997-yilning 17-iyuniga qadar Komsomol tumani). Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 6,9 ming km². Aholisi 36 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,2 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Qorabaliq qishlogʻi. Tuman dengiz sathidan 200 – 260 m balandlikda joylashgan.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 34 596 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5 kishidan toʻgʻri keladi (2010) Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, qor noyabr oyidan boshlab yogʻa boshlaydi, aprel oyining oʻrtalarida eriy boshlaydi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −18 °C. Yoz oyi iliq, eng issiq oyi — iyul. Iyulning oʻrtacha harorati 18 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm.

Ichki suvlari[tahrir]

Tuman koʻllarga boy. Tumanda 90 dan ziyod katta kichik koʻllar mavjud, ularning 75 % chuchik suvli. Katta koʻllari: Shubar, Sasiqkoʻl, Qarasor, Katta boʻrili, Oʻlendi, Arshali, Oʻrnak, Quliqketken, v.h. Yer osti suvi asosida Smirnov suv tarmogʻi faoliyat yuritadi. Undan tortilgan suv quvurlari Qorabaliq qishlogʻini, Boʻrili, Smirnov, Stansionniy, Mixaylov qishloqlarini suv bilan taʼminlaydi.[4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]