Denisov (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Denisov tumani
qoz. Денисов ауданы

Gerb
Gerb
Maqomi tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Denisovka qishlogʻi
Asos solingan sanasi 1938-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 21 626 [1]
Millatlar tarkibi ruslar — 34,78%
qozoqlar — 29,96%
ukrainlar — 18,06%
olmonlar — 6,93%
beloruslar — 2,95%
tatarlar — 1,72% [1][2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Denisov tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71434 [3]
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti

Denisov tumani  — Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1938-yili tashkil topgan. Maydoni 6,8 ming km². Aholisi 29,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 3,5 kishidan toʻgʻi keladi (2006). Tumanning maʼmuriy markazi — Denisovka qishlogʻi.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi hisob boʻyicha 21,626 kishi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010yil)[1][2]:

  • ruslar — 7 521 kishi (34,78 %)
  • qozoqlar — 6 480 kishi (29,96 %)
  • ukrainlar — 3 905 kishi (18,06 %)
  • olmonlar — 1 499 kishi (6,93 %)
  • beloruslar — 639 kishi (1,95 %)
  • tatarlar — 372 kishi (1,72 %)
  • boshqirdlar — 215 kishi (0,99 %)
  • boshqalari — 995 kishi (4,60 %)
  • Umumiy — 21 626 kishi (100,00 %)

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 – 300 mm.

Qisqacha maʼlumot[tahrir]

Tuman qishloq xoʻjaligiga foydalaniladigan eri 452,5 ming ga, shulardan 329,7 ming ga ekinzor, 116 ming ga yaylov. Denisov tumani orqali gʻabrdan sharqqa tomon Aqmola — Qartali temir yoʻli, janubi-sharqqa tomon Qoʻstanay — Jitiqara temir yoʻli, shuningdek respublika ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Rudniy — Toʻbil — Jitiqara avtomobil magistrali oʻtadi.[4]

Manbalar[tahrir]