Petropavl
Shahar
Petropavl
qoz. Петропавл
|
Petropavlovsk — (Qozoqcha: Петропавл) Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlovskga 1752-yilda asos solingan.[4]
Mundarija
Aholisi[tahrir]
Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011 yilgi 1 iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1 yanvar 2010 yilgi)[5][6]:
- ruslar — 129 301 kishi (66,2 %)
- qozoqlar — 41 800 kishi (22 %)
- tatarlar — 7 320 kishi (3,75 %)
- ukrainlar — 5 785 kishi (2,97 %)
- olmonlar — 3 111 kishi (1,59 %)
- beloruslar — 1 283 kishi (0,66 %)
- polyaklar — 900 kishi (0,46 %)
- armanlar — 737 kishi
- tojiklar — 629 kishi
- ozarbayjonlar — 624 kishi
- oʻzbeklar — 600 kishi
- boshqalari — 3019 kishi
- Jami — 195 109 kishi.
Iqtisodi[tahrir]
Hozirgi kunda Petropavlovsk Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
Sanoati[tahrir]
Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Iqlimi[tahrir]
Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Petropavl iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha harorat, °C | -18 6 | -14 9 | -8 0 | 3 6 | 12 7 | 18 4 | 24 8 | 16 7 | 10 6 | 3 5 | -8 0 | -13 6 | 2 2 |
Manba: NASA. База данных RETScreen |
Madaniyati[tahrir]
Teatrlar[tahrir]
- S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri
Muzeylar[tahrir]
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi
- Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi
- „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi
Kutubxonalar[tahrir]
- Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi
- I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi
- S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi
Hamdoʻst shaharlar[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Demografia_2012
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda
- ↑ Natsionalniy sostav naseleniya Kazaxstana po perepisi 2009
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
|