Gʻabit Musirepov (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gʻabit Musirepov tumani
qoz. Ғабит Мүсiрепов ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Novoishimka
Asos solingan sanasi 1969-yil
Akim Tasmagʻambetov Marat Imanbaevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 48,233
Zichligi 4,3 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 39,92%
Qozoqlar - 34,01%
Ukrainlar - 12,26%
Olmonlar - 4,41%
Beloruslar - 3,13%
Tatarlar - 1,55%
Ozarbayjonlar - 0,63%
Polyaklar - 0,56%[1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 11,09 ming km²
Gʻabit Musirepov tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71535[3]
Avtomobil raqami kodi T, 15

Gʻabit Musirepov tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbida Yesil daryosining yoqasida joylashgan. Tuman 1969-yili tashkil topdi. Tuman maydoni 11,1 ming km2. 2010-yil 1-yanvarda tuman aholisi 48,2 ming kishini tashkil qildi[2]. Tuman aholisining zichligi 4,3 kishi/km². Maʼmuriy markazi — Novoishimka qishlogʻi, Viloyat markazi bilan oraliq masofasi 270 kilometr.

Tarix[tahrir]

1969-yil 28-mayda Koʻkshetau viloyati tarkibida Kuybishev tumani tashkil topdi. 1997-yil 2-mayda Tselinniy tumani deb qayta nomlandi. 1997-yil 3-mayda Koʻkshetau viloyati tarkibidan, Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarkibiga qoʻshildi. 2002-yil 11-iyundan boshlab Gʻabit Musirepov tumani deb qayta nomlandi[4][5][6].

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisining milliy tarkibi (2010-yil 1-yanvar)[1][2]:

Manbalar[tahrir]