Omsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omsk — RF Omsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Om daryosi Irtishga quyiladigan yerda. Yirik port va temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1159,2 ming kishi (1998). O. aholisining soni va maydoni jihatdan Sibirda 2-oʻrinda turadi (Novosibirskdan keyin). 7 shahar tumani bor. Mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektr priborlari va boshqalar), neftni qayta ishlash va neft kimyosi (shina, texnik rezina, plastmassa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), yengil, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoat korxonalari bor. 4 teatr, tari-xiy va adabiyot, tasviriy sanʼat mu-zeylari mavjud. 1716 yilda Sibirni egallash uchun tayanch punkti sifatida qurilgan. 1782 yilgacha Om ostrogi, 1782—97 yillarda va 1804 yildan shahar. Sibir kazak qoʻshinlari (1808—1917), Gʻarbiy Sibir (1824—82) va Choʻl general-gubernatorliklari (1882—1917) markazi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil