Mana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mana, Manna — qad. Sharq davlatlaridan biri (miloddan avvalgi 1ming yillikning 1-yarmi). Ozarbayjon hududidagi dastlabki davlat. M.ning asosiy yerlari va poytaxti — Izirtu (Zirta) Jagatu daryosi havzasida joylashgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik boshlarida Urmiya koʻli atrofidagi r-nlarda davlat ti-pidagi mayda birlashmalar vujudga kelgan; ularning markazi shaharqalʼ-alarda joylashgan [ulardan biri (miloddan avvalgi 10—9-asrlar) — Hasanlu tepada qazishma ishlari olib borilgan]. 9-asrda Ossuriya, soʻng Urartu davlatlarining bosqini tufayli ularning orasida M. kuchayib ketgan (ilk bor manbalarda miloddan avvalgi 843 yil qayd etilgan). 8-asrda u qator qoʻshni viloyatlarni oʻziga biriktirib yirik davlatga aylangan. Uning aholisi turli etnik guruhlarga: xurriylar, lulubeylar, kutiylar, kassitlar va boshqa qad. mahalliy qardosh qabilalar, shuningdek, miloddan avvalgi 1ming yillik boshida bu r-nlarga tarqalgan eroniy qavmlarga mansub boʻlgan.

M. jamiyatida chuqur sotsial zidsiyatlar mavjud boʻlgan; zodagonlar, viloyat hokimlari, qabila boshliqlari katta rol oʻynashgan. 715—714 yillarda M. bilan ittifoqsosh Ossuriya Urartu ustidan gʻalaba qozongach, M. podshohlarining qudrati yanada oshgan. 7-asr boshlarida M. Ossuriya bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan, ammo miloddan avvalgi 660/659 yillarda magʻlubiyatga uchragan. Shundan soʻng M.da xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, podsho Axsheri oʻldirilgan. Key-inchalik M. Ossuriyaga ittifoqchi boʻlgan, bu hol Ossuriyani Yangi Bobil podsholigi va Midiya bilan boʻlgan urushda magʻlubiyatga uchragunigacha (616 yil) davom etgan. 7-asrda M. tarixida Old Osiyoga tarqalib ketgan skiflar mu-him rol oʻynashgan. Miloddan avvalgi 615/610— 590 yillar oʻrtasida M. Midiyaga boʻysungan, keyinchalik uning tarkibiga kiritilgan. Sakkiz xazinasi (Sakkiz shahridan 42 km sharkda joylashgan), Ziviye tepaligidan topilgan qabrlar (miloddan avvalgi 7-asr oxiri) M. davlatida hunarmandchilik va sanʼat yuksak darajada rivojlanganligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil