Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Turi Harbiy, Huquqiy
Maqomi Vazirlik
Shiori "Kuch adolatda"
Masqadi Xavfsizlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 25-avgust
Hududiy hizmati Oʻzbekiston
Vazir Poʻlat Bobojonov[1]
Ishchilar soni 80 000 dan ortiq
Vebsayti mvd.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, oʻz vakolatlari doirasida fuqaro va inson erkinligi va huquqlarini himoyalashda davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, huquq-tartibotni saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi[2].

Tarixi[tahrir]

Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yuqori organlarining koʻplab qonunlari va qarorlari qabul qilingan. Ularga, 1919 yil 26 iyunda Turkiston ASSR Ichki Ishlar Xalq Komissariatining „Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi-dehqon militsiyasi toʻgʻrisidagi Nizom“, oʻsha yilning iyul oyida qabul qilingan „Turkiston ASSRda, jinoiy qidiruvni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom“, 1948 iilda qabul qilingan „Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi“, 1953 yil 20 iyuldagi Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining „Oʻzbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari toʻgʻrisida“gi qarori, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6 apreldagi „Jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish toʻgʻrisida“gi Farmonlari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, barcha huquqni muhofaza qilish idoralari qatori ichki ishlar idoralari faoliyatida ham koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi 16—sonli „Ichki ishlar idoralarida xizmat oʻtash tartibi haqidagi vaqtinchalik Nizom“ asosida faoliyat koʻrsatmoqda. Mana shu vaqtinchalik Nizomga asosan ichki ishlar idoralari oddiy va rahbar xodimlar tarkibining ichki ishlar idoralarida xizmat qilish tartibi belgilab qoʻyilgan.

2001 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni chiqdi. Ushbu Farmon Vazirlar Mahkamasining shu masalaga bogʻliq bir nechta qarorining qabul qilinishiga turtki boʻldi. Mazkur Farmon va qarorlar asosida IIVning yetakchi xizmatlarining deyarli hammasida islohotlar amalga oshirilmoqda[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Nizomi va tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktabrdagi № 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan[2].

IIV maxsus belgilari[tahrir]

IIVning bayrogʻi namunasi — toʻq kulrang toʻgriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geralʹdik belgi — diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan. Geraldik belgi — IIVning emblemasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida — tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan.

Tashkiliy tuzilishi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy devoni quyidagi organlardan tuzilgan[4][5]:

  • Vazir (Bobojonov Poʻlat Razzoqovich)
Kotibiyat
Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi
Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiya
Huquqiy taʼminlash va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish boshqarmasi
Harbiy safarbarlik ishlari va fuqarolar mudofaasi boʻlimi
Nazorat-taftish inspeksiyasi
Ikkinchi boʻlim
Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi
  • Vazirning birinchi oʻrinbosari (Toshpoʻlatov Aziz Anvarovich)
Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi
Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari
Safarbarlik maxsus otryadlari boshqarmasi
Yettinchi boshqarma
Portlovchi moddalarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish ishlari boʻlimi
  • Vazir oʻrinbosari (Jo'rayev Muhiddin O'tkirovich)
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi
Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Migratsiya va fuqarolik ishlari bosh boshqarmasi
  • Vazir oʻrinbosari (Ergashev Rustam Mashrabjonovich)
Moddiy—texnika va harbiy taʼminot boshqarmasi
Moliya—iqtisod boshqarmasi
Xoʻjalik boshqarmasi
Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi
Aloqa boʻlimi
  • Vazir oʻrinbosari (Tashxodjaev Doniyor Baxiyorovich)
Tergov bosh boshqarmasi
Ekspert—kriminalistika boʻlimi
Axborot markazi
  • Vazir oʻrinbosari (Hotamov Rustam Abduganiyevich)
Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati
Tibbiyot boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Birlashgan tahririyat
Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati Respublika kengashi
"Jar" sport markazi
  • Vazir oʻrinbosari (Adilov Baxrombek Qahramonovich)
Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi
Harbiy va maxsus yuklarni tashish boʻlimi
  • Vazir oʻrinbosari (Kadirov Doniyor Baxtiyorovich)
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi
Xavfsiz turizm boshqarmasi

Vazirlar[tahrir]

  1. Lextman Naum Markovich (15 iyul — 4 noyabr 1934);
  2. Levin Zelman Markovich (4 noyabr 1934 — 9 yanvar 1935);
  3. Zagvozdin Nikolay Andreevich (9 yanvar 1935 — 19 avgust 1937);
  4. Apresyan Derenik Zaxarovich (19 avgust 1937 — 21 noyabr 1938);
  5. Sadjaya Aleksey Nikolaevich (19 dekabr 1938 — 26 fevral 1941);
  6. Babajanov Yuldash Babadjanovich (26 fevral — 31 iyul 1941);
  7. Kobulov Amayak Zaxarovich (31 iyul 1941 — 18 yanvar 1945);
  8. Babajanov Yuldash Babadjanovich (9 noyabr 1945 — 16 mart 1953);
  9. Bizov Aleksey Petrovich (16 mart 1953 — 17 aprel 1954);
  10. Babajanov Yuldash Babadjanovich (17 aprel 1954 — 19 aprel 1957);
  11. Jalilov Tojitdin Azimovich (19 aprel 1957 — 11 mart 1964);
  12. Yaxyoyev Xaydar Xalikovich (11 mart 1964 — 5 iyul 1979);
  13. Ergashev Qudrat Ergashevich (5 iyul 1979 — iyun 1983);
  14. Ibragimov Ne'matjon Ibragimovich (30 iyun 1983 — 1985)
  15. Rahimov Uchqun Sodiqovich (30 dekabr 1985 — iyul 1989)
  16. Kamalov Vyacheslav Muxtarovich (2 avgust 1989 — 15 sentyabr 1991);
  17. Almatov Zakirjon Almatovich (16 sentyabr 1991 — 5 yanvar 2006);[6]
  18. Matlyubov Bahodir Ahmedovich (6 yanvar 2006 — 12 dekabr 2013);
  19. Axmedbayev Adxam Akramovich (12 dekabr 2013 — 4 yanvar 2017);
  20. Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (4 yanvar — 4 sentyabr 2017);

Hududiy boshqarmalari[tahrir]

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]