O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida transport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi „Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etilgan.
Vazifalari va funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazirlik avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi[1].
Vazirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ochilboy Ramatov (2019—2020)
- Elyor Gʻaniyev (2020—2021)
- Ilhom Mahkamov (2021-yildan)
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transport vazirligi faoliyati soʻnggi yillarda turli tanqidlarga uchragan. Asosiy muammolar quyidagi yoʻnalishlarda kuzatilmoqda:
Jamoat transporti. Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil yanvar oyidagi yigʻilishida jamoat transporti aholining atigi 25 foizini qamrab olgani tanqid qilindi. Hududlarga yetkazilishi rejalashtirilgan avtobuslarning kechikishi va ayrim shaharlar, jumladan, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganchda yangi transport tizimiga oʻtish ishlarining sustligi qayd etilgan. Baʼzi temiryoʻl stansiyalarining daromadi oʻz xarajatlarini qoplamayotgani aytiladi. Masalan, „Nazarbek“ stansiyasida davlat korxonalari va xususiy logistika kompaniyalari oʻrtasida daromad farqi kattaligi tanqid qilingan[2].
Korrupsiya va byudjet ishlatilishi. Temiryoʻl chiptalarini sotishda korrupsiya holatlari mavjudligi, raqamlashtirish jarayoniga qaramay, jarayonning yetarlicha shaffof emasligi parlament aʼzolari tomonidan qayd etilgan[3].
Xizmat sifati. Temiryoʻl vagonlarida sharoitlarning yetarli emasligi, xizmat koʻrsatish sifati pastligi va birinchi yordam koʻrsatadigan ishchilarning yoʻqligi aholining noroziligiga sabab boʻlmoqda[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vazirlik haqida“. Mintrans.uz.
- ↑ Prezident: „Jamoat transporti qamrovi bor-yoʻgʻi 25 foiz ekani – tizimga berilgan baho“
- ↑ Temiryoʻl sohasida chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi sharoit va servisdan aholi noroziligi aytildi
- ↑ Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari: chipta sotishdagi korrupsiya yoʻqolgani yoʻq