O'zbekiston Respublikasi Qishlоq va suv хo'jаligi vazirligi — Oʻzbekistondaqishloq xoʻjaligi sohasidagi davlat boshqaruv organi. 1996-yilda Qishloq xo'jaligi va Melioratsiya vazirliklarining negizida tashkil topgan. 2018-yil12-fevralda ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratildi[1].
qishloq xoʻjaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat koʻrsatayotgan tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xoʻjaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligini yuritishni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
seleksiya, urugʻchilik, naslchilik ishlari, veterinariya, oʻsimliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash;
irrigatsiya tizimlarini havzalar boʻyicha boshqarish prinsiplari asosida er usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplarini joriy etish;
davlat suv xoʻjaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini taʼminlash;
ilgaridan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;
yer va suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
oʻrmon xoʻjaligidan foydalanish, uni qoʻriqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
oʻziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan taʼminlash;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, oʻsimliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga, begona oʻtlarga va chigirtkaga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish.