Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Jump to navigation
Jump to search
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi | |
---|---|
![]() | |
Turi | harbiy tuzilma |
Sanoat | mudofaa |
Maqomi | amalda |
Masqadi | xavfsizlik |
Ishga tushgan sanasi | 1992-yil |
Hududiy hizmati |
![]() |
Qoʻmondoni | Rustam Joʻrayev |
Ishchilar soni | 30000 |
Vebsayti | milliygvardiya.uz |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy tuzilma.[1][2]
Tarixi[tahrir]
- 1992-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-son qarori bilan, „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi (1991 yil 31 avgust) qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-son harbiy qismi negizida Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan edi.
- 2017-yil avgust oyidan eʼtiboran Milliy gvardiya mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi mustaqil qoʻshin turi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
- 2019-yil yanvar oyida Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidan chiqarilib, mamlakat Milliy gvardiyasi tarkibiga oʻtkazildi.
- 2018-yilda ichki ishlar tizimidagi harbiy texnika oliy bilim yurti Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti etib qayta tashkil etildi. Institut tomonidan yuqori malakali ofitserlar tayyorlanadi.
Vazifalari[tahrir]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- shaharlar va aholi punktlarida jamoat tartibi va xavfsizlikning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashish;
- davlat ahamiyatiga ega obʼektlar, hayotiy muhim obʼektlar, xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash va himoya qilish;
- terrorizm va ekstremizm harakatlarining oldini olishda ishtirok etish;
- mamlakatning hududiy yaxlitligi va mudofaasini taʼminlashda ishtirok etish;
- ov va xizmat oʻqotar qurollarining [mamlakat hududiga] olib kirilishi, olib chiqilishi, xarid qilinishi, saqlanishi va qoʻllanilishini nazorat qilish;
- tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashish;
- xorijiy davlatlarning rasmiy vakillarini kutib olish va kuzatishda yuksak darajadagi marosim tadbirlarini taʼminlash.
Yana qarang[tahrir]
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Manbalar[tahrir]
![]() |