Jar (sport majmuasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jar (stadion, Toshkent)
Jar
Joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1996-1998
Qachon ochilgan 1998-yil 6-iyun
Qachon taʼmirlangan 2005 yilda
Egasi Olimpik
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 8 460 tomoshabin (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Olimpik futbol klubi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Oʻzbekiston yoshlar futbol terma jamoasi

„Jar“ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot birlashmasi tarkibidagi sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.

Stadion tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1998-yil 6 iyunda ochilgan, 2005-yilda kapital taʼmirlangan.[1] Meʼmorlar — Xoʻjayev, Muhamedshin, Matyokubova, Soy, Nadirshin va boshqalar tomonidan qurilgan. U 8460 tomoshabinni sig‘dira oladi.[2] Toshkent shahrining Shayxontohur tumani „Chorsu“ maydoni yaqinidagi jarlikda bunyod etilgan. Jar — koʻp tarmoqli sport inshooti boʻlib, respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan. Unda sport zallari va 1000 oʻrindiqli suv havzasi va yana 2 ta kichik yopiq suv havzasi, sauna, 8460 oʻrindiqli futbol maydoni, 5 ta yozgi va 2 ta qishki 1000 oʻrindiqli ochiq tennis kortlari, 2000 oʻrindiqli yengil atletika maydoni, sogʻlomlashtirish, tibbiyot, mashq qilish va umumiy ovqatlanish xonalari mavjud. Tomosha zallari: tennis zali, 760 oʻrindiqli boks zali, kurash zali, majlislar zali bor. Kassa, bufet, garderobxona, sanuzellar, shuningdek, mehmonlar uchun xonalar, matbuot markazi, maʼmuriy xonalar aralash joylashgan.

Sport bilan shugʻullanuvchilar uchun 5 ta mashq va trenajyor zallari, kiyim almashtirish xonalari bor. Murabbiylar, hakam, maʼmuriyat xonalari turli qavatlarda joylashgan. Usti ochiq, qishda suvi issiq suv havzasiga sakraydigan minora oʻrnatilgan. Dzyudo, karate, taekvondo, taek-junri, taek-subharge kabi 13 ta sport toʻgaragi ishlab turibdi. Tibbiy nazorat xonalarida turli sohadagi vrachlar qabuli, diagnostika, fizioterapevtik muolajalar oʻtkaziladi. Vestibyul va hovli bogʻida umumiy ovqatlanish xonasi, qahvaxona, bufet, bar tashkil qilingan.[3]

Tomoshabin oʻrindiqlari pogʻonali, maydon ikki tomonidan soyabon bilan toʻsilgan. Minbar ostida qoʻshimcha xonalar bor. Majmua maydoni 15 gektar, bogʻ zonasi 4 gektarni tashkil qiladi.[4]

Stadion uy jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil oxirida MHSK stadioni buzib tashlanganidan so‘ng „Bunyodkor“ futbol klubi vaqtincha „Jar“ stadioniga ko‘chib o‘tgan va 2013-yilda yangi „Bunyodkor“ stadioni qurilganidan keyin ham klub o‘z uyidagi o‘yinlarning bir qismini oxirigacha shu stadionda o‘tkazgan.[5] 2015-yilda „Paxtakor“ stadionida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan vaqtda „Paxtakor“ ham yarim mavsum davomida oʻz uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazdi. Bundan tashqari, ushbu stadionda Oʻzbekiston terma jamoalari; milliy, olimpiya, yoshlar va yoshlar oʻrtasidagi bahslar oʻtkaziladi. 2016-yilgi mavsumdan boshlab stadion „Obod“ klubi tomonidan ijaraga olingan. Shuningdek, stadionda Oʻzbekiston ayollar futbol jamoalarining turli yoshdagi oʻyinlari boʻlib oʻtadi. „Jar“ stadioni, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining tayanch punktlaridan biri hamda o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish va yig‘inlarni o‘tkazish uchun asosiy stadion hisoblanadi. Bundan tashqari,[6] 2010-yilda ushbu maskanda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 14-Osiyo chempionati[7] oʻyinlarining bir qismi boʻlib oʻtgan.[8]

2009-yilda portugaliyalik mashhur futbolchi Cristiano RonaldoJar“ ​​stadionida master-klass oʻtkazdi. Jahon futboli yulduzining mahorat darsida stadion toʻlib-toshgan.[9]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]