Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Turi Qurilish
Maqomi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 2018-yil 2-aprel
Hududiy xizmati Oʻzbekiston
Vazir Botir Zokirov
Vebsayti mc.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.[1]

Vazirlikning asosiy vazifalari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
  • respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
  • shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish. [2]

Vazirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018—2019 — Abduqahhor Toʻxtayev

2019-yildan hozirgacha — Botir Zokirov

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]