Interpol
Fayl:INTERPOL Logo.svg davlatlar xaritasi | |
![]() | |
Ishga tushgan sanasi | 1923-yil |
---|---|
Joylashuvi | Lion, Fransiya |
Vebsayti | www.interpol.int |
Map of the member states of Interpol 2018.svg |
Interpol (fransuzcha: Organisation Internationale de Police Criminelle, OIPC) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923-yilda Vena shahri Avstriyada asos solingan. Hozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947-yilda paydo boʻlgan. 1949-yili BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. "Interpol"ning amaldagi ustavi 1956-yil 13-iyunda kuchga kirdi. "Interpol" jinoyatchilarni roʻyxatga olish xalqaro markazi sifatida ish koʻradi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon qilinuvchilarni; bedarak yoʻqolganlarni; oʻgʻirlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 davlat (1998-yilda), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi "Interpol"ning aʼzosidir (1994-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida "Interpol"ning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. "Interpol"ning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qoʻmita, unga "Interpol" prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. Interpolga a'zo bo'lishni istagan har qanday davlat o'zining vakolatli hukumati nomidan Interpolning Bosh Kotibiga yozma ravishda murojaat qiladi[1]. Muayyan davlatni Interpolga qabul qilish masalasi Interpolning Bosh Assambleyasi tomonidan qatnashuvchilarning 2/3 qismining ovozi bilan hal qilinadi. Interpolning Nizomida bu hamjamiyatga apzodavlatlarning siyosiy, harbiy, diniy va irqiy masalalarga aralashmasligi talab etiladi. [2]
"Interpol" 1946-yildan "Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi maʼlumoti" jurnalini nashr etadi. "Interpol"ning doimiy qarorgohi Fransiya qilib belgilangan. [3]
Interpolning tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
1) Bosh Assambleya;
2) Bosh kotibiyat;
3) Milliy Markaziy byurolar;
4) Maslahatlar
Interpol Prezidenti 4 yil muddatga, Vitse Prezidentlar esa, 3 yil muddatga saylanadi. Saylangan muddati tugaganidan keyin yana o'sha muddatga qayta saylanishi mumkin emas[4]
Tashkilot Prezidenti Bosh Assambleya va Ijroiya qo'mitasiga rahbarlik qiladi. Barcha Interpol organlarining faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarga mos bo'lishini kuzatadi. Bosh kotib bilan aloqada bo'ladi. [5]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ M. Usmonaliyev, Y. Karaketov. Kriminologiya. Darslik. t T.: Yangi asr avlodi, 2001. t 510t511-betlar.
- ↑ Interpol Nizomi (3-modda) / Qarang: Овчинский В.С. Интерпол (в вопросах и ответах). - М; ИНФРА-М, 2001. - С. 143-152.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. Darslik. t T.: Yangi asr avlodi, 2001. t 512-bet.
- ↑ OBLAKULOV D.O, MUSTANOV I.A. Xalqaro jinoyat huquqi. Toshkent "Adolat" 2013-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
ENORME SALOPE SE FAIT ENCULER PAR RENOI AVEC UNE BITE D'ANE