Akademik litsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2006-083.jpg

Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. O‘zbekiston Respublikasida 1997 yilda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta’lim to‘g‘risida"gi konunga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablari (9sinf)ni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. Ta’lim muddati 2 yil Akademik litsey o‘rta maxsus ma’lumot beradi. O‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-252hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseyni bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiklangan diplom beriladi va u ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik bo‘yicha ishlash imkoniyatini beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Akademik litsey" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil