Kontent qismiga oʻtish

Kubaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kubaliklar (oʻzlarini kubanos deb atashadi) — xalq. Kubaning asosiy aholisi (10,6 mln. kishidan ortiq). taxminan aholisining yarmi mulatlar, qolganlari oq tanli va negrlar. Umumiy soni 11,7 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ispan tilining kuba lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar. K., asosan, qishloq xoʻjaligi (shakarqamish, tamaki, sholi, meva yetishtirish) bilan shugʻullanadi. Koʻp tarmoqli sanoat rivojlangan. Anʼanaviy xalq tomoshasi — karvanallar (las komparsas) oʻtkazib turishadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil