Nukus xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nukus xalqaro aeroporti
No'kis Aeroportı
Нөкис Аэропорты

Нукус халқаро аэропорти
IATA kodi: NCU – ICAO kodi: UTNN
Qisqacha bayon
Aeroport turi yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 76 m / 76[convert: needs unit name]
Koordinatalari 42°29′18″N 59°37′24″E / 42.48833°N 59.62333°E / 42.48833; 59.62333
Xarita
UTNN (Oʻzbekiston)
Airplane silhouette.svg
UTNN
joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
15/33 3 000 3,000[convert: needs unit name] Beton
07/25 600 600[convert: needs unit name] Beton
Manba: [1][2]

Nukus xalqaro aeroporti (qoraqalp. No'kis Aeroportı, Нөкис Аэропорты) (IATA: NCUICAO: UTNN) Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahridagi xalqaro aeroport[2].

Tavsifi[tahrir]

“Nukus” xalqaro aeroporti Davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukus shahridan tashqarida, uning shimoliy qismida joylashgan. Aeroportdan respublika ichidagi, shuningdek xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari, charter yuk tashuvlari bajariladi. Aerodrom “B” klassga mansub va deyarli barcha turdagi samolyotlar va vertolyotlarni qabul qila oladi. 1- klass samolyotlari uchun uchish qo‘nish yo‘lagining uzunligi 3000 metr, kengligi - 45 metr, uning bo‘ylamasiga ICАО 1-toifasiga javob beradigan zamonaviy yorug‘lik signal beruvchi jihozlar o‘rnatilgan. Xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy, aeronavigatsion va meteojihozlar mavjud. Aerovokzal bir soatda 200 tagacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aerovokzal majmuasi ikkita terminaldan iborat bo‘lib, uchib ketadigan va uchib keladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zallari, xalqaro va mahalliy yo‘nalishlardagi bagajga, pochtaga va yukka ishlov berish kabilarni o‘z ichiga oladi. Aeroportning asosiy funksiyasi – xalqaro va mahalliy yo‘nalishlardagi havo yo‘llariga sifatli xizmat ko‘rsatish, havo transporti sohasida tadqiqotlar olib borish va yangi ishlanmalar hamda texnologiyalarni joriy etishdan iborat[3].

Manbalar[tahrir]