Kontent qismiga oʻtish

Andijon xalqaro aeroporti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andijon xalqaro aeroporti
IATA kodi: AZNICAO kodi: UTFA
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Uzbekistan Airports
Operator Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti MChJ
Xizmat doirasi Andijon
Joylashuvi Andijon viloyati, Andijon shahri, Yangi aylanma koʻchasi, 1-uy
Dengiz sathidan balandligi 462 m / 1 515 ft
Koordinatalari 40°43′40″N 72°17′38″E / 40.72778°N 72.29389°E / 40.72778; 72.29389
Xarita
AZN (Oʻzbekiston)
AZN
Aeroportning Oʻzbekiston xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
04/22 3 300 10 800 Beton
Maʼlumotlar (2025)
Yoʻlovchilar soni 93 964[1]
Parvozlar soni 808 79 958[1]
Manba: DAFIF[2][3]

Andijon aeroporti (IATA: AZN, ICAO: UTFA) – Andijon shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan xalqaro aeroport. Mahalliy yoʻnalishlardan tashqari Rossiyaning Domodedovo xalqaro aeroporti (Moskva), Tolmachevo aeroporti (Novosibirsk), Pulkovo aeroporti (Sankt-Peterburg) bilan aloqalari bor [4].

SSSR Harbiy vazirining 1950-yil 23-dekabrdagi buyrugʻiga binoan 1954-yil aerodrom havo hujumidan mudofaa aviatsiyasini joylashtirish uchun qurilgan. 1954-yil noyabrdan 1992-yil maygacha boʻlgan davrda aerodromda 9-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi bazasi hisoblangan[5]. SSSR parchalanganidan keyin 1992-yil may oyida polk Oʻzbekiston yurisdiksiyasiga oʻtkazilgan va nomi 62-qiruvchi aviatsiya polki deb oʻzgartirilgan[5].

Sovet Ittifoqi davrida aeroportdan SSSRning quyidagi shaharlariga samoyotlar qatnagan:

Mahalliy reyslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi davrida Andijon aeroportidan Toshkent (22 reys, shu jumladan: An-24 va Yak-40 samolyotlarida kuniga 8-9 reys va TU-154 samolyotlarida (164-180 oʻrin) kuniga 3-4 reys), Samarqand (2 reys – 1 reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 3 martadan), Qarshi (haftasiga 4 martadan), Nukus (haftasiga 4 martadan), Buxoro, Urganch, Termiz va Jizzax (har biriga haftasiga 3 martadan) shaharlariga tinimsiz samolyotlar qatnagan[6].

Mustaqillik davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda aeroport Oʻzbekistonning yurisdiksiyasiga oʻtgan. Andijon xalqaro aeroporti sifatida fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi baza aeroporti hisoblanadi.

2015-yilda Andijon aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi. Aeroport binosida yoʻlovchilarning kelish va joʻnatish terminali, alohida bino – tranzit yoʻlovchilar zali va alohida bino – rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali mavjud.

2019-yildan boshlab aeroport Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tasarrufida[7]. Kompaniya 100 foiz ulush bilan egalik qiluvchi „Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MChJ aeroportni operativ boshqaradi.

2020-yil 19-iyulda chiqqan PQ-4755 sonli prezident qaroriga muvofiq, Andijon xalqaro aeroportiga „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomi berilgan[8].

2020-yil 1-avgustdan boshlab Andijon xalqaro aeroportida „beshinchi havo erkinligi“ huquqini qoʻllagan holda ochiq osmon rejimi joriy qilingan[9].

Aeroport 2023-yil 1-apreldan rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan parvozlar uchun yopildi. Aeroport 2023-yil oxiriga qadar faoliyat koʻrsatmasligi maʼlum qilingan edi[10].

2024-yil 20-martdan Andijon aeroporti muntazam reyslar uchun qayta ochildi[11]. Birinchi muntazam parvoz Toshkentdan amalga oshirilgan Silk Avia US601 reysi boʻldi[12]. Hozir US601/US602 reysi haftasiga uch marta – dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilmoqda[12]. Muntazam reyslar ruxsat berilishdan oldin 15-mart kuni Uzbekistan Airways tomonidan Toshkentdan texnik reys amalga oshirildi[11].

Rekonstruksiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 1-apreldan 2024-yil 20-martgacha boʻlgan rekonstruksiyaning birinchi bosqichida uzunligi 3,300 m (10,800 ft), kengligi 60 m (200 ft) boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlagi va samolyotlar toʻxtash joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qochirildi[13].

Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichida ikkinchi yurish yoʻlagi qurilishi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritish uskunalarini oʻrnatiladi. Bundan tashqari yoʻlovchi terminalini yangidan qurish koʻzda tutilgan. Bu orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi[13].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
AviakompaniyaManzillar
Centrum AirNovosibirsk[14]
Fly KhivaMavsumiy charter: Madina[14]
FlyOneJidda[14], Madina[14]
S7 aviakompaniyasiIrkutsk[15], Novosibirsk[16]
Silk AviaToshkent[12]
Oʻzbekiston havo yoʻllariIstanbul[17], Moskva–Vnukovo[18], Novosibirsk[19], Sankt-Peterburg[19], Toshkent[19]
  1. 1 2 „O‘zbekistonda aviatashuvlar: 2025-yil yakunlari bo‘yicha aeroportlarning asosiy ko‘rsatkichlari“. Uzbekistan Airports (2026-yil 10-fevral). Qaraldi: 24-fevral 2026-yil.
  2. „Aeroport“. 2017-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  3. Aeroport haqida Andizhan, Uzbekistan (UTKA / AZN) Great Circle Mapper'da.
  4. Airport diagram for UTKA[sayt ishlamaydi]
  5. 1 2 Анохин В. А., Быков М. Ю.. Все истребительные авиаполки Сталина. Первая полная энциклопедия. Moskva: Yauza-press 944-bet. ISBN 9785995507079. 
  6. Портал Расписаний Авиапостер, статья газет Андижанская правда и Правда Востока за 1983,1987 и другие тиражию // Историческая информатика. — 2017-04. Т. 4, вып. 4. С. 78–100. ISSN 2585-7797. DOI:10.7256/2585-7797.2017.4.24841.
  7. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQARO AVIATSIYASINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI“. lex.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  8. „TURIZM SOHASINI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XAVFSIZLIKNING KUCHAYTIRILGAN REJIMI TALABLARIGA QAT’IY RIOYA QILGAN HOLDA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz.
  9. „1 avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi“. O‘zbekiston Transport vazirligi. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  10. „Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi“. Gazeta.uz (2023-yil 27-mart). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  11. 1 2 „Andijon aeroporti qariyb ikki yilda birinchi marta parvozlarni qabul qilishni boshlaydi“. Spot.uz. Afisha Media (2025-yil 18-mart). Qaraldi: 20-mart 2025-yil.
  12. 1 2 3 „Andijon aeroporti 20-martdan faoliyatini tiklaydi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2025-yil 18-mart). Qaraldi: 20-mart 2025-yil.
  13. 1 2 „Shavkat Mirziyoyev yaqinda faoliyatini tiklagan Andijon aeroporti bilan tanishdi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2025-yil 15-aprel). Qaraldi: 12-iyun 2025-yil.
  14. 1 2 3 4 „Regular Flights from Andijan Airport Now Operate to Russia, Türkiye, and Saudi Arabia“ (en). UzDaily.com. Uzbekistan Daily (2025-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 31-oktyabr.
  15. „S7 Airlines запускает прямые рейсы из городов Сибири в Андижан“ (ru). S7.ru. S7 Airlines. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  16. Liu, Jim. „S7 Airlines Adds Novosibirsk – Andizhan Service in NW25“ (en-CA). AeroRoutes (2025-yil 31-iyul). Qaraldi: 2025-yil 1-avgust.
  17. Liu, Jim. „Uzbekistan Airways Adds Andizhan – Istanbul Service From late-Oct 2025“ (en-CA). AeroRoutes (2025-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 15-oktyabr.
  18. Liu, Jim. „Uzbekistan Airways Intends to Resume Andizhan – Moscow in NW25“ (en-CA). AeroRoutes (2025-yil 26-may). Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  19. 1 2 3 „Uzbekistan Airways Resumes Andizhan Service in NW25“. Aeroroutes. Qaraldi: 2025-yil 23-iyul.