Fargʻona xalqaro aeroporti
Fargʻona xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
IATA kodi: FEG – ICAO kodi: UTFF | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Uzbekistan Airports | ||
Operator | Fargʻona xalqaro aeroporti MChJ | ||
Xizmat doirasi | Fargʻona | ||
Joylashuvi | Fargʻona viloyati Fargʻona shahri Aeroport koʻchasi 16-uy[1] | ||
Dengiz sathidan balandligi | 625 m / 2,051 ft | ||
Koordinatalari | 40°21′32″N 071°44′42″E / 40.35889°N 71.74500°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
18/36 | 2 860 | 9,383 | Asfalt |
Aeroport diagrammasi[2]DAFIF[3] |
Fargʻona xalqaro aeroporti – Fargʻona viloyatining Fargʻona shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Bu aeroportdan xorijga va mahalliy yoʻnalishlarda parvozlar amalga oshiriladi, 1938—yil tashkil etilgan va oʻsha yildan boshlab aeroportdan havo kemalari ucha boshlagan. Aeroportga Uzbekistan Airports kompaniyasi egalik qiladi[1]. Oʻzbekiston havo yoʻllari milly aviakompaniyasining dastlabki yillarida havo kemalari faqat mahalliy yoʻnalishlarda harakatlana boshlagan keyinchalik esa uzoq masofaga uchuvchi Boeing havo kemalari olib kelingandan keyin xorijga boradigan reyslar amalga oshirila boshlagan[4].
Ishlash jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroportning geografik joylashuviga koʻra qulay maskanda qurilgan, havo kemalarining uchib ketish va qoʻnishi uchun katta qulayliklar yaratadi. Uchish qoʻnish maydoni tekis beton bilan qoplangan va uning raqami 18/36 va oʻlchamlari esa eniga 50 metrni boʻyiga esa 2862 metrni tashkil etadi. Aeorportning butunlay taʼmirdan chiqarilgandan keyin unda yana koʻplab havo kemalarini qabul qilish imkoniyati paydo boʻldi. Xalqaro talablarga javob berish darajasi bilan u ICAO ning II – darajasini qoʻlga kiritgan, bu esa xalqaro nomdagi aeroport nomiga toʻliq mos keladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasi tarkibiga kiradigan barcha aeroportlarni ishlash tizimi va boshqarish menejmentini yanada rivojlantirish toʻgrisidagi qarorga muvofiq Fargʻona viloyatidagi aeroportda sifat menejmentini yaxshilash tizimi joriy etilgan[manba kerak]. Kompaniyani xizmat koʻrsatish jarayonini yanada yuksaltirish uchun 2015-yilda yangi ish rejasi ishla chiqilgan. Kompaniya tomonidan 2014-yilda oʻtkazilgan kengashda aeroport Russkiy registr-Srednyaa Aziya sertifikatlashtirish kompaniyasing xulosalariga koʻra ISOning barcha talablariga javob berishi aniqlandi va 3 yilga amal qiladigan sersifikat taqdim etildi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasining parvozlar xavfsizligini taminlash va terminallarni yanada aniqroq ishlashini taʼminlash toʻgrisidagi qaroriga koʻra Fargʻona xalqaro aeroportiga yangi xavfsizlikni taminlovchi moslamalar olib kelingan (2013)[manba kerak]. Aeroportni bosqichma-bosqich rivojlantirish yoʻlida 2009-yildan boshlab kompaniya hududida taʼmirlash va qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda[5].
Infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroportning ichida katta kutish zali, valyuta almashtirish xonasi, bir nechta doʻkon, tibbiyot xonasi, Vip kutish xonalari aviakassa, ovqatlanish joylari va yoʻlovchilarga maʼlumot ulashuvchi monitorlar joylashgan. Aeroportdan shahar markazigacha boʻlgan masofa esa 10 kmni tashkil etadi[6].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „"FARG'ONA XALQARO AEROPORTI" mas‘uliyati cheklangan jamiyati“. orginfo.uz (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 1-may 2025-yil.
- ↑ Airport diagram for UTKF, 2015-02-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-02
- ↑ Airport information for Fergana (Wayback Machine saytida 2013-04-05 sanasida arxivlangan) from DAFIF (effective October 2006)
- ↑ aviabilet.ru/fergana, 2016-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-30
- ↑ fargona-xalqaro-aeroporti, 2016-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-30
- ↑ http://uz.yellowpages.uz/company/9056 (Wayback Machine saytida 2016-04-15 sanasida arxivlangan) company/9056
- ↑ Liu, Jim. „Qanot Sharq Moscow Service Changes From August 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
- ↑ „Silk Avia с октября запускает три новых рейса по Узбекистану“ (ru). Spot.uz. Afisha Media (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Turkish Airlines expands destinations in Uzbekistan“ (2021-yil 28-aprel).
- ↑ Liu, Jim. „Uzbekistan Airways NW24 Türkiye Service Changes“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 6-dekabr.
- ↑ „Uzbekistan Airways Moscow Service Changes From Oct 2023“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Больше рейсов в Фергану и Наманган!“ (ru). AeroTur. Official website for Uzbekistan Airways tickets sales, supported by Aerotur LLC. Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (ruscha) Fergana Airport AviaPages.ru saytida
- Fergana aeroporti
- UTKF uchun aeronavtika jadvali SkyVectorda