Termiz xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Termiz xalqaro aeroporti
Термиз халқаро аэропорти
IATA kodi: TMJ – ICAO kodi: UTST
Qisqacha bayon
Aeroport turi yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Termiz
Joylashuvi Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 1 027 ft / 313 m
Koordinatalari 37°17′12″N 067°18′36″E / 37.28667°N 67.31000°E / 37.28667; 67.31000
Xarita
TMJ (Oʻzbekiston)
Airplane silhouette.svg
TMJ
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 3 000 9 843 Beton
Manba:[1]

Termiz xalqaro aeroporti (IATA: TMJICAO: UTST) — Termiz shahri yaqinidagi xalqaro aeroport.

Tavsif[tahrir]

Termiz aeroporti O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir:

  • Havo kemalariga erda xizmat ko‘rsatish;
  • Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish;
  • yuklarga xizmat ko‘rsatish;
  • Pochtaga xizmat ko‘rsatish;

Termiz aeroporti „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tarkibiga kiradi. „Termiz“ aeroporti 1 soatda 100 ta aviayulovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Yongʻin xavfsizligi bo‘yicha UTPZ (Yongʻindan himoyalash talablari darajasi) ning 8- darajasiga teng. „Termiz“ aeroporti kecha-kunduz davomida ishlaydi va barcha turdagi (jumladan A-320, A-310, Boing 737, 757, 767, Il-114, Il-76) havo kemalari va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi. Termiz aeroporti 2010 yil dekabr oyida ISO 9001: 2008 xalqaro standartlariga muvofiq „Rus registori“ assotsiatsiyasining sertifikatiga ega bo‘ldi. Termiz aeroporti havo kemalari xizmat ko‘rsatish bilan bogʻliq masalalar bo‘yicha maxsus avtotransport parkini doimiy ravishda yangilanishni amalga oshirib kelmoqda. Avtomobil parkida muzlashga karshi suyuqlik bilan ishlov beruvchi ISUZU avtomashinasi, aerodrom qoplamasini tozalash uchun AIST-5 VMU shamol purkash avtomashinasi, shuningdek havo kemalarini elektr bilan taʼminlovchi „Utronnik GPU — 150“ rusmli qurilma, gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga yuklarni ortish va tushirishga mo‘ljallangan „Trepel“, yo‘lovchilar uchun „ABS — 580“ rusmli avtotraplar hamda barcha turdagi zamonaviy havo kemalarini havo yordamida yurgizuvchi qurilmalar mavjud. Ruxsatnoma nazorat punktlarida xavfsizlikni taʼminlash uchun zamonaviy maxsus uskunalar o‘rnatilgan. Termiz aeroportida havo kemalarini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatish xalkaro IKAO standartlariga muvofiqdir. Aeroportdan Toshkent, Moskva shahriga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi. Yulovchi va yuk tashuvlari yildan yilga o‘sib bormoqda. Axborotlar texnologiyasini rivojlanishi munosabati bilan aeroport tashuvlarni tashkil qilish xizmatida yulovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun elektron ko‘rinishdagi aviachiptalarni sotish hamda SDCS global tizimida yo‘lovchilarni qayd qilish joriy etildi, aerovokzal binosi 2011 yida qayta taʼmirlanib ishga tushirildi[2].

Manbalar[tahrir]