Toshkent-Sergeli aerodromi
Toshkent-Sergeli aerodromi Тошкент-Сергели аэродроми | |||
---|---|---|---|
Fayl:UTEE-air.png | |||
IATA kodi: none – ICAO kodi: UTEE | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | faoliyati toʻxtatilgan | ||
Egasi | ![]() | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | Toshkent | ||
Ochilgan | 1950-yillar | ||
Yopilgan | 2018-yil | ||
Dengiz sathidan balandligi | ft / 392 m | ||
Koordinatalari | 41°11′59″N 69°14′21″E / 41.19972°N 69.23917°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
03/21 | 600x40 | 183 × 12 | beton |
Toshkent-Sergeli aerodromi – Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan faoliyati toʻxtatilgan aerodrom[1]. Hozirgi Yangihayot tumani Fayzli mahallasi hududida joylashgan.
Aerodrom 1950-yillarda tashkil etilgan[2]. Oʻsha vaqtda bu yerda Yak-18 va Po-2 samolyotlari joylashgan, 2010-yil holatiga koʻra, aerodromda „Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi“ DUKka tegishli An-2 samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari bor boʻlgan. Turli vaqtlarda bu yerda samolyotlar va vertolyotlar joylashgan, parvoz va vertolyot simulyatorlari va ishchilarni qayta tayyorlash uchun oʻquv kurslari boʻlgan[2].
2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-sonli prezident qaroriga muvofiq, aerodrom hududidagi 4,113 gektar (10,164 akr) maydon „Industrial park“ kichik sanoat zonasi tashkil etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilgan[2][3].
2020-yil 20-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining VMQ-35-sonli qaroriga binoan aerodrom hududidagi „IL-86“ trenajyori binosi yangi tashkil etilgan Humo Air aviakompaniyasiga oʻtkazib berilgan[4].
„Industrial park“ tashkil etilishi kerak boʻlgan 101,64 gektar maydonning 72 gektarida 2022-yil Tashkent INDeX koʻp tarmoqli savdo-sotiq bozori tashkil etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Airport of Sergeli
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „На территории аэродрома «Ташкент-Сергели» создадут индустриальный парк“. Spot.uz. Afisha Media (2018-yil 16-avgust). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
- ↑ „“Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5511-sonli Farmoni“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
- ↑ „“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-35-sonli Qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
- ↑ „Tashkent INDeX: Markaziy Osiyoning eng yirik va zamonaviy savdo markazi“. Kun.uz. Web Expert (2025-yil 3-fevral). Qaraldi: 18-aprel 2025-yil.
![]() | Aeroportga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |