Buxoro xalqaro aeroporti
| Buxoro xalqaro aeroporti | |||
|---|---|---|---|
| IATA kodi: BHK – ICAO kodi: UTSB | |||
| Qisqacha bayon | |||
| Aeroport turi | Fuqarolik | ||
| Egasi | Uzbekistan Airports | ||
| Operator | Buxoro xalqaro aeroporti MChJ | ||
| Xizmat doirasi | Buxoro | ||
| Joylashuvi | Buxoro viloyati, Buxoro shahri Bahouddin Naqshband koʻchasi 251-uy | ||
| Dengiz sathidan balandligi | 229 m / 751 ft | ||
| Koordinatalari | 39°46′30″N 064°29′00″E / 39.77500°N 64.48333°E | ||
| Xarita | |||
|
| |||
| Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
| Uzunligi | Yuzasi | ||
| m | ft | ||
| 01/19 | 3,000 | 9,843 | Asfalt |
| Maʼlumotlar (2025) | |||
| Yoʻlovchilar soni | |||
| Parvozlar soni | |||
| Manba: Airport diagram[2], DAFIF[3][4] | |||
Buxoro xalqaro aeroporti (IATA: BHK, ICAO: UZSB) – Buxoro viloyati Buxoro shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Buxoro shahar Bahouddin Naqshbandiy koʻchasi 251-uyda joylashgan.
Buxorodagi aeroportga 1999-yil xalqaro maqom berilgan[manba kerak].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Buxoro aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan[5].
Buxoro xalqaro aeroportida XXI asr boshlarida qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. Shundan soʻng oʻtgan davr mobaynida uchish-qoʻnish yoʻlagi taʼmirlandi, perronlar soni koʻpaytirildi. 2011-yilda bu yerda eng zamonaviy va yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan, soatiga 400 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan yangi aerovokzal qurilib, foydalanishga topshirildi. Xalqaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. 2010-yilda Buxoro xalqaro aeroporti ellikka yaqin daʼvogarlar orasida „Aeroport“ xalqaro assotsiatsiyasi eʼtirofiga koʻra MDHdagi eng yaxshi aeroport degan nomga sazovor boʻldi[manba kerak].
2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi[6] va Buxoro aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu yerda elektron chiptalarning joriy etilgani, mustahkam moddiy-texnik bazaning mavjudligi, samolyotlarni taʼmirlash va ular uchun turish joylarining koʻpaygani, uchish-qoʻnish yoʻlaklarining chang va qordan tozalashda yangi texnologiyalarning qoʻllanayotgani, yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmat turlarining kengaygani va sifati oshganini yuqori baholanadi. Xalqaro terminal yoʻlovchilarga keng turdagi jahon standartlariga muvofiq xizmatlarni koʻrsatadi. Yangi aerovokzal bir soatda 400 nafar yoʻlovchi va sayyohlarni qabul qilish hamda joʻnatish imkoniga ega. Bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichlardan qariyb uch baravar ortiqdir. Bu yerda barcha turdagi xizmatlar koʻzda tutilgan: VIP va CIP zallar, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, aviakassalar, valuta ayirboshlash shoxobchasi, pochta boʻlimi hamda Duty free tarmoq doʻkonlari. Bularning barchasi aeroport va mamlakatimiz transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugun Buxoro xalqaro aeroporti nafaqat kun sayin koʻpayib borayotgan muntazam reyslar, balki Yevropa, Amerika va Osiyoning koʻplab davlatlaridan sayyohlarni olib kelayotgan charter reyslarga ham xizmat koʻrsatmoqda. Aeroportda turli rusumdagi samolyotlarni qabul qilish ishlari xalqaro talablarga muvofiq yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasidan maʼlum qilishlaricha, Buxoro xalqaro aeroportida joriy yilning toʻqqiz oyida 1 914 ta havo qatnoviga xizmat koʻrsatilgan, 74 ming nafardan ziyod yoʻlovchi tashilgan va bu rejalashtirilgan koʻrsatkichdan 19 foiz koʻpdir.
Infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport dengiz sathidan 229 metr (751 ft) balandlikda joylashgan. Uning asfalt qoplamali 3,000 by 45 metr (9,843 ft × 148 ft) boʻlgan 01/19 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud[2][3].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yillar | Jami yoʻlovchilar soni | Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %da |
Parvozlar soni | Parvozlar sonining oʻzgarishi, %da |
Manbalar |
|---|---|---|---|---|---|
| 2024 | 551 864 | ▬ | 5 632 | ▬ | [15] |
| 2025 | 574 036 | 5 786 | [1] |
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1974-yilning 14-dekabr kuni Aeroflot 124-reysi bilan Buxorodan Dushanbega uchayotgan Yak-40 samolyoti Buxoro aeroportidan uchish vaqtida samolyot havoga koʻtarilmagan va uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan. Samolyot bortida boʻlgan 19 kishidan – 15 yoʻlovchi va 4 ekipaj aʼzosidan 7 nafari halok boʻlgan, 8 kishi tirik qolgan, ulardan 4 nafari tan jarohati olgan[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 „O‘zbekistonda aviatashuvlar: 2025-yil yakunlari bo‘yicha aeroportlarning asosiy ko‘rsatkichlari“. Uzbekistan Airports (2026-yil 10-fevral). Qaraldi: 24-fevral 2026-yil.
- 1 2 Airport diagram for UTSB
- 1 2 Airport information for UTSB (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) from DAFIF (effective October 2006)
- ↑ GCM|BHK
- ↑ „“O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 44-sonli qarori“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (1992-yil 4-fevral). Qaraldi: 12-iyun 2025-yil.
- ↑ „"O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-5584-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2018-yil 27-noyabr). Qaraldi: 7-may 2025-yil.
- ↑ „Aeroflot resumes Moscow – Bukhara route from late-Oct 2018“ (2018-yil 25-sentyabr).
- ↑
- 1 2 Liu, Jim. „Centrum Air NW25 Domestic / Russia Network Additions“ (en-CA). AeroRoutes (2025-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Centrum Air June 2025 Regional Network Expansion“. Aeroroutes. Qaraldi: 2025-yil 11-iyun.
- ↑ Liu, Jim. „Qanot Sharq Moscow Service Changes From August 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
- ↑ „S7 Airlines расширяет программу полетов в Узбекистан“. news.s7.ru. S7 Airlines. Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ „Turkish Airlines launches flights to Bukhara“. 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 2-may.
- ↑ „Uzbekistan Airways Moscow Service Changes From Oct 2023“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
- ↑ Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%
- ↑ „Катастрофа Як-40 Таджикского УГА в а/п Бухара (борт CCCP-87630), 14 декабря 1974 года. // AirDisaster.ru - авиационные происшествия, инциденты и авиакатастрофы в СССР и России - факты, история, статистика“. www.airdisaster.ru. 2025-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 4-fevral.
| Oʻzbekiston haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |