Beton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beton (frans. beton va lot. bitumon— togʻ smolasi)—boglovchi modda (mas, sement), suv, toʻldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material i. Qadimda B.dan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. B. texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi B.ning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, B.ning juda ogir (2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qmlish va boshqa uchun) moʻljallangan xillari bor. B.ning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil