Naqshbandiya tariqati muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naqshbandiya tariqati muzeyi
Naqshbandiya tariqati muzeyi
Asos solingan sanasi 1993-yil
Manzili Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi
Sayti https://www.bukharamuseums.uz

Naqshbandiya tariqati muzeyi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Mazkur muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 1993-yilda tashkil etilgan. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband majmuasidagi Doniyol otaliq madrasasida joylashgan.

Muzey tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naqshbandiya tariqati muzeyi Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi munosabati bilan 1993-yilda tashkil topgan. Muzey Bahovuddin Naqshband meʼmoriy majmuasi ichida joylashgan. „Naqshbandiya tariqati“ muzey filiali ekspozitsiyasining asosiy gʻoyasi islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Bahouddin Naqshband va silsilai sharif yaʼni buxorolik 7 pirlar toʻgʻrisidagi ilmiy merosning bugungi kunda qay darajada oʻrganilganligini yozma va ashyoviy dalillar yordamida koʻrsatib berishdan iborat[1]. Muzey ekspozitsiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: islom dinining paydo boʻlishi, Buxoroda yashab oʻtgan yetti pirlar Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy va Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy va Xoja Ali Rometaniy, Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Mir Kulol va Bahouddin Naqshband, Bahouddin Naqshbandning shogirdlari, Oʻzbekiston mustaqilligi davrida Bahouddin Naqshband va uning tariqatiga nazar yaʼni, mustaqillik davrida chiqarilgan asarlar, rasmiy davlat rahbarlarining tashriflari fotosuratlari, Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi obodonlashtirish. Muzey 2013-yil aprelda XVII asrga taaʼluqli madrasa binosiga koʻchirilgan. Muzeyda XVIII asrda Buxoroda Qurʼoni Karim kitobidan koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi, mutaqqi (Qurʼon oʻqilganda qoʻl ostiga qoʻyiladigan tayoqcha), Bahouddin Naqshband ziyoratgohining sobiq sovetlar tuzumi vaqtidagi surati va mustaqillik yillarida taʼmirdan keyingi suratlari namoyish etilgan. Bundan tashqari Buxoro hunarmandlari tomonidan ishlangan kandakorlik laʼlisi va Qurʼoni Karim kitobi qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi bilan 2003-yilda Bahouddin Naqshbandning 685 yilliklari nishonlangan va shu munosabat bilan majmua toʻliq taʼmirlandi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ernazarov E. Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). SM Print: Toshkent, 2004 — 223 bet. 
  2. Арсланова Ф, Алиев Р. Музеи древней Бухары (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). Бухоро нашриёти: Бухоро, 2015 — 96 bet. 

.