Nafrat tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polshada „Soʻz kuchga ega, ulardan oqilona foydalaning“ shiori ostida nafrat tiliga qarshi kompaniya tomonidan yaratilgan SIM-karta.

Nafrat tili – turli maʼnolarga ega atamadir. Uning yagona, aniq taʼrifi yoʻq. Kembrij lugʻatida ushbu atamaga „Nafrat tili – irqi, dini, tili yoki jinsiy oriyentatsiyasiga nisbatan nafratni ifodalovchi yoki zoʻravonlikni oshiradigan ommaviy nutq“ deya tarif berilgan[1]. Amerika Konstitutsiyasi Ensiklopediyasida nafrat tiliga „Irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, sogligʻi xususiyatlariga koʻra shaxsni ommaviy kamsitish“ deya qayd etilgan[2].

Soʻz erkinligi, nafrat tili hamda shunga oʻxshash mavzular boʻyicha koʻplab munozaralar boʻlib oʻtgan[3]. Baʼzi mamlakat qonunlarida nafrat tili guruh yoki maʼlum shaxslarga nisbatan qoʻllanilsa jinoyat sifatida qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, baʼzi davlatlarda, jumladan AQShda nafrat tili zoʻravonligiga uchragan insonlar konstitutsiya darajasida himoya qilinadi.

Nafrat tili, genotsid kabi ommaviy vahshiyliklarning bir belgisi sifatida qayd etilgan. Ruanda boʻyicha xalqaro jinoiy sudida nafrat tiliga oid bir qancha ishlar koʻrib chiqilgan[4][5][6][7] .

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtgan asrning 1940-50-yillardan boshlab, amerikalik bir guruh fuqarolari Ikkinchi jahon urushi vahshiyliklariga nisbatan maʼlum toifa insonlarni irqi va dinidan kelib chiqqan holda toifalarga ajratishni targʻib qilishdi[8]. Ushbu tashkilotlar nafrat soʻzining zoʻravonligini tavsiflash va uning zararli holatlariga qarshi kurashish uchun asos sifatida tuhmatdan foydalanishgan[9]. Olim Jeremy Waldron nafrat tili tarixi haqida gapirar ekan, „Nafrat tilini toʻxtatish uchun bunga qarshi kurashish emas, aksincha, inson huquqlari va shaʼn-qimmatini koʻtarish lozim“ deya taʼkidlaydi[10] 1952-yilda AQSh Oliy Sudi Beauharnais Illinoys ishi boʻyicha, ilk nafrat tiliga oid qonun imzolandi[11]. Biroq, 60-yillarda fuqarolik huquqlari harakati ichida inson huquqlarning qoʻllab-quvvatlashlanishi tufayli nafrat tiliga qarshi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi[12]. Nafrat tiliga oid qonunlarga qarshi chiqish faqat shaxsiy huquq himoyachilariga tegishli emas. Tanqidiy nazariyotchi Richard Delgado baʼzi huquq nazariyotchilari kabi nafrat soʻzlarining qoʻllanilishida qonuniy cheklovlarni qoʻllab-quvvatladi. Ammo tuhmatning qoʻllanilishi nafrat nutqiga qaraganda tor maʼnoda ekanligini daʼvo qiladi. Oxir-oqibat, Delgado irqchilik haqidagi haqoratlarga javob berish uchun huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunning maʼlum bir boʻlimini belgilaydigan huquqiy strategiyadan foydalanishni davo qildi. Bu esa mavjud huquqiy tizimda tovon undirishning qiyinligini ifodalaydi[13].

Nafrat tili qonunlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada natsizm qayta sodir boʻlmasligi uchun nafrat tilini taqiqlovchi qonun qabul qilingan. Bundan tashqari, 2008-yilda Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarda nafrat tilini taqiqlovchi qonunlarni qabul qilish hamda nafrat tilidan foydalanganlarga keskin jazo qoʻllash haqida bayonot eʼlon qilgan[14].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari qoʻmitasi soʻz erkinligini himoya qilib kelmoqda. Soʻz erkinligini himoya qilishda asosiy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi. Deklaratsiyaning 19-moddasida „Har bir inson eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq hech bir toʻsiqsiz oʻz eʼtiqodiga amal qilish erkinli hamda axborot va gʻoyalarni har qanday vosita bilan davlat chegaralaridan qatʼi nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga oladi.“ deya qayd etilgan[15].

Soʻz erkinligini himoya qiluvchi asosiy qonunlar bilan birgalikda inson huquqlari sohasini kengaytiradigan, inson shanini toptaydigan jinoyatlarni qoralovchi xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan.

Irqiy kamsitishni bartaraf etish boʻyicha qoʻmita (CERD) birinchi boʻlib nafrat tilining yomon oqibatlarini taqiqlovchi qonunlarni oʻrnatish zaruriyatini koʻrib chiqqan[16][17].

Rivojlangan demokratik davlatlar, xususan, Avstraliya, Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya davlatlarda nafrat tilini taqiqlovchi qonunlar mavjud. Birlashgan Qirollikda 1998-yilda Inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunning 10-moddasida „Soʻz erkinligi milliy xavfsizlikka tahdid soladigan, irqiy yoki diniy adovatni qoʻzgʻatadigan, sogʻligʻi yoki maʼnaviyatiga zarar yetkazadigan yoki tahdid soladigan boʻlsa, soʻz erkinligini cheklashga yoʻl qoʻyish mumkin“ deya qayd qilingan. AQShda esa, nafra tilini taqiqlovchi qonunlar mavjud emas. Chunki AQSh Oliy Sudi nafrat tiliga taqiq qoʻyilishini inson soʻz erkinligi huquqlariga putur yetkazadi deb hisoblaydi[18].

Nafrat tiliga qarshi qonunlarni 2 ta toifaga ajratish mumkin.

  1. Jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qonunlar
  2. Inson haq-huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonunlar

Shimoliy Irlandiyada oxirgi 21 yilda faqatgina bir marotaba diniy zoʻravonlik holati qayd etilgan. Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada nafrat tili boʻyicha koʻplab holatlar uchrab turadi[19].

Internetdagi nafrat tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk internetdagi nafrat tiliga misol 1983-yilda natsist Jorj Jits tomonidan qoʻllanilgan boʻlib, internet orqali nafrat tiliga boy boʻlgan jadval joylashtirgan[20]. 1996-yili internetda nafrat tiliga asoslangan veb-sayt ishlab chiqildi. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisining taxminan 66% internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Anonim foydalanuvchi nomi orqali biron shaxsga nisbatan nafrat tilini qoʻllash internetda keng tarqalgan[21]. Hukumat idoralari va kompaniyalar anonim foydalanuvchilarning yozgan nafrat tili xabarlariga qarshi kurashayotgan boʻlsa-da, bunday holda nafrat tili bilan izoh yozgan foydalanuvchilarni aniqlash murakkab holdir[22].

2016-yil 31-mayda Facebook, Google, Microsoft va Twitter kompaniyalari oʻz xizmatlarida nafrat tili soʻzlarini chekladi. Google kompaniyasi esa nafrat tili haqida maʼlumot qidirilgan taqdirda kontentlarni koʻrsatmaslik haqida maʼlumot tarqatdi[23].

2022-yil 10-mart kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini boshqaradigan Meta kompaniyasi Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush munosabati bilan nafrat soʻzlariga qoʻyilgan cheklovlarni vaqtinchalik va mahalliy darajada bekor qildi. Ilgari taqiqlangan, ammo hozir ruxsat berilgan bayonotga misol sifatida kompaniya „Rus bosqinchilariga oʻlim“ iborasini keltiradi. Shunday boʻlsa-da, Meta barcha ruslarga qarshi zoʻravonlik chaqiriqlarini hech qanday farq qilmasdan blokirovka qilishni vaʼda qilmoqda.

Shuningdek, ayrim mamlakatlarda Rossiya va Belarus prezidentlariga oʻlim tilagan postlarga ruxsat berildi. Armaniston, Ozarbayjon, Vengriya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Ukraina va Estoniya kabi mamlakatlar ushbu qonunni qoʻllaydiganlar qatoriga qoʻshildi[24].

Davlat tomonidan ruxsat berilgan nafrat tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir necha davlatlar, jumladan Saudiya Arabistoni, Eron, Ruanda Xutu fraksiyalari, Yugoslaviya urushlari ishtirokchilari va Efiopiya rasmiy nafrat nutqini yoki genotsidga daʼvatni omma orasida tarqatayotganlar deb taʼriflangan[25][26][27].

Tarifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qancha faollar va olimlar nafrat soʻzlarini cheklash holatlarini tanqid qilishgan. Erkin fuqarolardan faol Nadin Strossenning aytishicha, nafrat soʻzlarini senzura qilish harakatlari zaif toifa qatlamlarini himoya qilishga qaratilgan maqsad boʻlsa-da, ular samarasiz va yomon taʼsir koʻrsatishi mumkin[28]. Konservativ Heritage Foundation vitse-prezidenti va nafrat nutqi nazariyasi tanqidchisi Kim Xolmsning taʼkidlashicha: „Nafrat tili odamlarning niyatidan qatʼiy nazar yomon niyatda amalga oshiriladi va shaxsning axloqiy harakterini yoʻq qiladi“[29]. Birmingem universitetining islom va qiyosiy adabiyot professori Rebekka Rut Goldning taʼkidlashicha, nafrat soʻzlariga qarshi qonunlar inson huquqini kamsitishga qaratilgan. (bu Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qonunda birinchi tuzatish bilan taqiqlangan) Chunki huquq tizimi baʼzi holatlarning oldini oladi[30]. Gideon Elford kabi boshqa olimlar „Nafrat tilini tartibga solish orqali ifoda etilgan narsaning mazmuni bilan shartli ravishda bogʻliq boʻlgan nutq oqibatlarini ochib bersa, u faqat bilvosita maʼnoda kamsituvchidir“ deb taʼkidlaydilar[31]. Jon Bennetning taʼkidlashicha, nafrat tilini cheklash shubhali kontseptual, empirik asoslarga va totalitar tuzumlarning fuqarolar fikrlarini nazorat qilinishiga olib keladi [32][33].

Misa Kreandner va Eriz Henze nafrat tili qonunlari oʻzboshimchalik bilan qabul qilinishini taʼkidlaydilar. Chunki ular faqat ayrim toifadagi odamlarni himoya qiladi. Boshqalarni emas[34][35]. Henzening fikricha, bu muammoni nafrat tili qonunlarini bekor qilmasdan hal qilishning yagona yoʻli ularni barcha mumkin boʻlgan toifalarga ajratish boʻlishi mumkin va bu nutq ustidan totalitar nazoratni tashkil qiladi[36].

Maykl Konklinning taʼkidlashicha, nafrat nutqining koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan foydalari bor. Uning fikricha, nafrat soʻzlariga ruxsat berish insonning ahvolini yanada yaxshilash, odamlarning fikrini oʻzgartirish va baʼzi odamlar bilan vaqtida aloqani uzishi kerakligini aniqlashda yordam beradi[37]. Psixologik tadqiqotlarga koʻra, yuqori darajadagi psixopatiyada onlayn nafrat tilining qoʻllanilishi muhim omil hisoblanadi. Boshqa 7 ta potentsial taʼsirning hech biri statistik jihatdan nafrat tilidek muhim omil boʻla olmaydi[38].

Siyosiy faylasuf Jeffrey Hovard nafrat nutqining „so‘z erkinligi va boshqa siyosiy qadriyatlarga qarshi“ deb mashhur boʻlishini notoʻgʻri tavsiflash deb biladi. U buni „muvozanatlash modeli“ deb atagan va u soʻz erkinligi foydasini tarixiy jihatdan chekkada qolgan guruhlar uchun qadr-qimmat, tenglik kabi boshqa qadriyatlarga solishtirishga harakat qilgan. Shuningdek, u so'z erkinligi nafrat soʻzlarini oʻz ichiga oladimi yoki yoʻqligini bahs-munozaralarning asosiy nuqtasi boʻlishi kerak deb hisoblaydi[39]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlar nafrat nutqidan senzurada foydalanish kerakligini qoʻllab-quvvatlasa, ular nutqning oʻzlariga taʼsiridan koʻra boshqalarga taʼsiri haqida koʻproq ilhomlanadilar[40]. Ayollar erkaklarga qaraganda nafrat nutqining senzurasini qoʻllab-quvvatlashlari ehtimoli koʻproq. Chunki baʼzi tadqiqotchilar ushbu holatni nafrat soʻzlariga nisbatan jamiyatdagi gender farqlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin deb hisoblaydilar[41].

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

A. M. Verxovskiy tomonidan tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nafrat tilining bir nechta tasnifi mavjud. Ulardan biri tadqiqotchi A. M. Verxovskiy tomonidan taklif etilgan[42].

Qattiq

  1. Zoʻravonlikning toʻgʻridan-toʻgʻri va darhol sodir boʻladigan koʻrinishi;
  2. Umumiy shiorlar yordamida zoʻravonlikka chaqirish;
  3. Toʻgʻridan-toʻgʻri va darhol kamsitish;
  4. Haqorat qilish orqli kamsitish;
  5. Zoʻravonlik va diskriminatsiyaga yashirin chaqiriqlar (masalan, zoʻravonlik yoki kamsitishning hozirgi yoki tarixiy koʻrinishlarini targʻib qilish).

Oʻrta

  1. Kamsitish va zoʻravonlikning eski holatlarini koʻrsatish;
  2. Zoʻravonlik va kamsitishning umumeʼtirof etilgan tarixiy faktlarini shubha ostiga qoʻygan nashrlar va bayonotlar;
  3. Muayyan etnik yoki boshqa guruhning tarixiy jinoyatlari haqidagi daʼvolar;
  4. Har qanday ijtimoiy guruhning siyosiy va hukumat tuzilmalari bilan uni obroʻsizlantirish maqsadida aloqasini koʻrsatish;
  5. Muayyan etnik guruhning jinoyatchiligi haqidagi bayonot;
  6. Har qanday etnik guruhning moddiy boylikdagi nomutanosib ustunligi, kuch tuzilmalarida vakillik va boshqalar haqida munozaralar;
  7. Har qanday ijtimoiy guruhning jamiyat yoki davlatga salbiy taʼsirini koʻrsatish;
  8. Muayyan ijtimoiy guruhlarning mintaqada (tuman, shahar va boshqalar) oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun chaqiriqlar.

Yumshoq

  1. Etnik guruhning salbiy imidjini yaratish;
  2. Etnik guruh nomlarini kamsituvchi kontektda ifoda qilish;
  3. Etnik guruhning yomonligi haqidagi bayonot;
  4. Etnik guruhning axloqiy kamchiliklari haqida bayonot;
  5. Ijtimoiy guruh yoki uning vakillarini kamsituvchi yoki haqoratli kontekstda eslatish; (masalan, jinoyat xronikasida)
  6. Ksenofobik bayonotlarni keltirish yoki bunday matnlarni suhbatdoshning fikri va matn muallifi (jurnalist) pozitsiyasi oʻrtasidagi chegarani belgilaydigan tegishli izohsiz nashr qilish;
  7. Gazetada aniq millatchilik tashviqotini tahririyat izohi yoki boshqa ruxsatsiz eʼlon qilish.

M. V. Kroz va N. A. Ratinova tomonidan tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Kroz (psixologiya fanlari nomzodi, Bosh prokuratura xodimi) va Natalya Ratinova (psixologiya fanlari nomzodi) „nafrat nutqi“ning soddalashtirilgan tasnifini taklif qilishadi[43].

  1. Soxta identifikatsiya: salbiy etnik stereotipni shakllantirish va mustahkamlash, millat, irq, din va boshqalarning salbiy qiyofasi.
  2. Yolgʻon atribut: har qanday millat, irq, din va boshqalar vakillariga dushmanlik harakatlari va xavfli niyatlarni berish.
  3. „Xayoliy mudofaa“: maʼlum bir millat, irq, din va boshqalarga qarshi har qanday harakatni qilishga undash.

Yevropa universitetlari tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana bir tasnif Yevropa universiteti (Sankt-Peterburg) tadqiqotchilari tomonidan taklif etiladi.

  1. Nisbatan yumshoq „nafrat nutqi“ boʻlgan matnlar. „BIZ-guruh“ va „ULAR-guruh“ ga boʻlinish belgilarini oʻz ichiga oladi. Bu guruhlar doimiy deb hisoblangan va butun guruhga xos boʻlgan bir qator belgilarga koʻra qarama-qarshi qoʻyilgan. Masalan, „barcha ruslar yuksak maʼnaviyatli“. „ULAR guruhi“ ning xususiyatlari salbiy maʼnoga ega boʻladi va aksincha, „BIZ guruhi“ misolida.
  2. Nisbatan qattiq „nafrat nutqi“ boʻlgan matnlar. „BIZ“ va „ULAR“ ga boʻlinish bilan birga ular „ULAR“ guruhiga qarshi salbiy harakatlarga chaqiruvchi ragʻbatlantiruvchi tuzilmalarni oʻz ichiga oladi.

A. A. Sychev, E. A. Koval, N. V. Jadunovaning tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dushmanlikning matnli tili: ob’ekt bir maʼnoli va doimiy salbiy maʼnoga ega boʻlgan soʻzlar, imo-ishoralar, tasvirlar yordamida tavsiflanadi.
  2. Kontekstli nafrat nutqi: matnning alohida elementlari faqat bayonotning umumiy kontekstida („qora“, „arzon“) kamsituvchi yoki haqoratli maʼnoga ega boʻladi. Kontekstli nafrat nutqining keng tarqalgan turi bu istehzo va kinoyadan foydalanishdir.
  3. Meta-kontekstli nafrat nutqi: butun matn, oʻz-oʻzidan neytral, faqat butun media nutqi fonida kamsituvchi yoki haqoratli maʼnoga ega boʻladi. Shunday qilib, agar muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi eslatmalarda ularning millati yoki fuqaroligi doimo koʻrsatilgan boʻlsa va mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi eslatmalarda bu aytilmagan boʻlsa, oʻquvchilarda „Barcha migrantlar jinoyatchi“ degan barqaror stereotip shakllanadi[44].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „hate speech“. dictionary.cambridge.org.
  2. John T. Nockleby, "Hate Speech, " in Encyclopedia of the American Constitution, eds. Leonard W. Levy and Kenneth L. Karst, vol. 3 (2nd ed., Detroit: Macmillan Reference USA, 2000, pp. 1277–1279); quoted by Brown-Sica, Margaret; Beall, Jeffrey (2008). "Library 2.0 and the Problem of Hate Speech". Electronic Journal of Academic and Special Librarianship 9 (2). http://southernlibrarianship.icaap.org/content/v09n02/brown-sica_m01.html#_edn2. Qaraldi: June 22, 2021. Nafrat tili]]
  3. „Herz, Michael and Peter Molnar, eds. 2012. The content and context of hate speech. Cambridge University Press.“. 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-mart.
  4. „Criminal Justice Act 2003“. www.legislation.gov.uk. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
  5. An Activist's Guide to The Yogyakarta Principles (Report). 14 November 2010. p. 125. http://www.ypinaction.org/wp/wp-content/uploads/2016/10/Activists_Guide_English_nov_14_2010.pdf. 
  6. Kinney, Terry A. (June 5, 2008). "Hate Speech and Ethnophaulisms". The International Encyclopedia of Communication. doi:10.1002/9781405186407.wbiech004. ISBN 978-1405186407. 
  7. „CNN's Chris Cuomo: First Amendment doesn't cover hate speech“. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
  8. Walker, Samuel. Hate Speech: The History of an American Controversy. Lincoln: University of Nebraska Press, 1994 — 79 bet. 
  9. Waldron, Jeremy. The Harm in Hate Speech. Harvard University Press, 2012 — 41 bet. 
  10. Waldron, Jeremy. The Harm in Hate Speech. Harvard University Press, 2012 — 47 bet. 
  11. Walker, Samuel. Hate Speech: The History of an American Controversy. Lincoln: University of Nebraska Press, 1994 — 78 bet. 
  12. Delgado, Richard. Words That Wound: Critical Race Theory, Assaultive Speech, and the First Amendment. Westview Press, 1993 — 90 bet. 
  13. Mendel, Toby (2012), Herz, Michael; Molnar, Peter (muh.), „Does International Law Provide for Consistent Rules on Hate Speech?“, The Content and Context of Hate Speech, Cambridge: Cambridge University Press, 417–429-bet, doi:10.1017/cbo9781139042871.029, ISBN 978-1139042871
  14. Altman, Andrew (2012-05-31), Maitra, Ishani; McGowan, Mary Kate (muh.), „Freedom of Expression and Human Rights Law: The Case of Holocaust Denial“, Speech and Harm, Oxford University Press, 24–49-bet, doi:10.1093/acprof:oso/9780199236282.003.0002, ISBN 978-0-19-923628-2, qaraldi: 2021-12-08
  15. Nations, United. „Universal Declaration of Human Rights“ (en). United Nations. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  16. Mendel, Toby (2012), Herz, Michael; Molnar, Peter (muh.), „Does International Law Provide for Consistent Rules on Hate Speech?“, The Content and Context of Hate Speech, Cambridge: Cambridge University Press, 417–429-bet, doi:10.1017/cbo9781139042871.029, ISBN 978-1139042871
  17. „OHCHR | Committee on the Elimination of Racial Discrimination“. www.ohchr.org. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  18. „OHCHR | International Covenant on Civil and Political Rights“. www.ohchr.org. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  19. Howard, Jeffrey W. (2019). "Free Speech and Hate Speech". Annual Review of Political Science 22: 93–109. doi:10.1146/annurev-polisci-051517-012343. 
  20. Levin, Brian (2002). "Cyberhate: A Legal and Historical Analysis of Extremists' Use of Computer Networks in America" (en). American Behavioral Scientist 45 (6): 958–988. doi:10.1177/0002764202045006004. ISSN 0002-7642. http://journals.sagepub.com/doi/10.1177/0002764202045006004. 
  21. „Article 10: Freedom of expression | Equality and Human Rights Commission“. www.equalityhumanrights.com. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  22. Meddaugh, Priscilla Marie; Kay, Jack (2009-10-30). "Hate Speech or “Reasonable Racism?” The Other in Stormfront" (en). Journal of Mass Media Ethics 24 (4): 251–268. doi:10.1080/08900520903320936. ISSN 0890-0523. http://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/08900520903320936. 
  23. „Measuring digital development: Facts and Figures 2022“ (en-US). ITU. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  24. Meta smyagchaet zapret na prizivi k nasiliyu, BBC, 11.03.2022
  25. Cotler, Irwin (2012). Herz, Michael; Molnar, Peter. eds. "State-Sanctioned Incitement to Genocide". The Content and Context of Hate Speech: 430–455. doi:10.1017/CBO9781139042871.030. ISBN 978-1139042871. 
  26. Dozier, Kimberly (10 February 2020). „Saudi Arabia Rebuffs Trump Administration's Requests to Stop Teaching Hate Speech in Schools“. Time.
  27. de Waal, Alex „The world watches as Abiy loses it – and risks losing Ethiopia, too.“. World Peace Foundation (2021-yil 17-sentyabr). 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  28. Strossen, Nadine „Minorities suffer the most from hate-speech laws“ (en). Spiked (2018-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.
  29. Holmes, Kim „The Origins of "Hate Speech"“. heritage.org. The Heritage Foundation (2018-yil 22-oktyabr).
  30. Gould, Rebecca Ruth (15 November 2018). "Is the 'Hate' in Hate Speech the 'Hate' in Hate Crime? Waldron and Dworkin on Political Legitimacy". Jurisprudence. https://papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstract_id=3284999. 
  31. Elford, Gideon. „Legitimacy, Hate Speech, and Viewpoint Discrimination.“ Journal of Moral Philosophy 1, no. aop (2020): 1–26.
  32. Bennett, John T. „The Harm in Hate Speech: A Critique of the Empirical and Legal Bases of Hate Speech Regulation.“ Hastings Const. LQ 43 (2015): 445.
  33. Bennett, John. „The Totalitarian Ideological Origins of Hate Speech Regulation.“ Cap. UL Rev. 46 (2018): 23.
  34. Heinze, Eric. „Cumulative jurisprudence and human rights: The example of sexual minorities and hate speech.“ The International Journal of Human Rights 13, no. 2–3 (2009): 193–209.
  35. Kreander, Miisa. „The Widening Definition of Hate Speech – How Well Intended Hate Speech Laws Undermine Democracy and the Rule of Law.“ (2022). Andoza:ISBN? Andoza:Page?
  36. Heinze, Eric. „Cumulative jurisprudence and human rights: The example of sexual minorities and hate speech.“ The International Journal of Human Rights 13, no. 2–3 (2009): 193–209.
  37. Andoza:Cite SSRN
  38. Sorokowski, Piotr; Kowal, Marta; Zdybek, Przemysław; Oleszkiewicz, Anna (2020-03-27). "Are Online Haters Psychopaths? Psychological Predictors of Online Hating Behavior". Frontiers in Psychology 11: 553. doi:10.3389/fpsyg.2020.00553. ISSN 1664-1078. PMID 32292374. PMC 7121332. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7121332. 
  39. „Article 10: Freedom of expression | Equality and Human Rights Commission“. www.equalityhumanrights.com. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  40. Guo, Lei; Johnson, Brett G. (April 2020). "Third-Person Effect and Hate Speech Censorship on Facebook". Social Media + Society 6 (2). doi:10.1177/2056305120923003. 
  41. Downs, Daniel M., and Gloria Cowan. „Predicting the importance of freedom of speech and the perceived harm of hate speech.“ Journal of Applied Social Psychology 42, no. 6 (2012): 1353–1375.
  42. Верховский А. М.. Язык мой…: Проблема этнической и религиозной нетерпимости в российских СМИ. М.: РОО «Центр «Панорама», 2002. ISBN 5-94420-008-1. 
  43. Кроз М. В., Ратинова Н. А. „Экспертная оценка материалов, направленных на возбуждение вражды и ненависти“,. Цена ненависти, 1000 экз, М.: Центр «Сова», 2005 — 75—92 bet. ISBN 5-98418-005-7. 
  44. Sichyov A. A., Koval Ye. A., Jadunova N. V. Problema klassifikatsii yazika vrajdi v otnoshenii migrantov (na primere Respubliki Mordoviya)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]