Konseptualizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konseptualizm (lot. conceptus - tushuncha, tasavvur, fikr) — oʻrta asrlar Yevropa falsafasidagi oqim. Unga koʻra, universaliylar (umumiy tushunchalar) inson tafakkuridan tashqarida real mavjud emas. Universaliylar masalasida oʻrta asr realizmi bilan nominalizm oʻrtasida oraliq oʻrinni egallagan. Biroq, umumiy tushunchalarni aqlning tajribagacha boʻlgan tushuncha (konsept)lari deb talqin qilib realizmga yon bosadi. Vakillari: P. Abelyar, solsberilik Ioann (1115/1120 — 1180), porretanlik Jilber (1076— 1154).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil