Huquqbuzarlik
Huquqbuzarlik - huquq va muomala layoqatiga ega subʼyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, H. jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi. Koʻp hollarda H. qonunbuzarlik soʻzi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy H. (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), maʼmuriy H. (mas, mayda bezorilyk, yoʻl harakati qoidasini buzish), intizomiy H. (nojoʻya harakat, mas, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. H.ning eng xav-fli koʻrinishi jinoyatdir. H. uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Huquqbuzarlik-sodir etilganligi uchun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli,g'ayriijtimoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik)
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |