Maqsad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqsad (falsafada) — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, Maqsad faoliyat yoʻnalishini belgilovchi elementdir. Maqsadning shakllanishiga subʼyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. Maqsadning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real Maqsadlar subʼyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal Maqsadlar faqatgina subʼyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil