Omillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OMILLAR (FAKTORLAR) NAZARIYaSI 18-asrning oxirlaridan boshlab Gʻarbda va Rossiyada tarqalgan nazariyalardan biri. Uning asoschilari va targʻibotchilari nemis faylasufi Maks Veber (1864-1920), italyan sotsiologi Gaetano Moska (1858-1941), rus sotsiologi, tarixchisi va huquqshunosi Maksim Maksimovich Kovalevskiy (1851- 1961), rus tarixchisi va sotsiologi Nikolay Ivanovich Karev (1850-1931) lardir. Omillar nazariyasi falsafa va sotsiologiyada moddiy neʼmatlarning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyatini inkor etadi hamda uning oʻrnida koʻpdan-koʻp teng huquqli omillarning (iqtisod, axlok, din, texnika, madaniyat va b.) oʻzaro taʼsirini eʼtirof etadi. Sotsiologiyada plyuralizmning ifodasi boʻlganligidan Omillar nazariyasi ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonunlarini, sotsial meʼyorlar oʻrtasidagi ichki aloqalarni rad etadi. Omillar nazariyasi tarixda koʻpgina sub’ektiv omillarning axamiyatini oshirib yuborishi bilan namoyon boʻladi. Oʻzgargan shaklda Omillar nazariyasi gʻarb falsafiy sotsiologiyasida hozir hamm mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oʻbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" „Sharq“ Nashriyot_Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2004