Ilhom
Ilhom — odamning ruhiy holati; undagi barcha ijodiy kuchlarning kuyilib kelishi, ruhiy jarayonlarning faollashuvi. Bunday holatda butun ruhiyat ayni bir vaqtda ishga solinadi. I. paytida ong tiniqlashishi kuzatiladi, fikrlash va ijodiy hayolot sermahsul boʻladi, his-tuygʻular toʻlib toshadi, eʼtibor butkul ijod obʼyektiga qaratilgan boʻladi. I. ning fiziologik asosi dominanta (vaqtincha hukmronlik qiluvchi reflektor tizimi) hisoblanadi.
I. ni "ilohiy ruxlanish" bilan bogʻlovchilar uni faqat badiiy ijodda namoyon boʻladi, deb hisoblaydilar. I. ga moddiyunchilik nuqtai nazaridan yondoshuvchilar uni qattiq mehnat qilish natijasi deb biladilar. I. ni ijodiyotning ijtimoiy va individual omillari, atrof muhit va shaxsning ijtimoiy shartsharoitlari bilan bogʻlaydilar. Mehnat faoliyatining har qanday koʻrinishi ilhombaxsh va ijodiy boʻlishi mumkin. I. ning paydo boʻlish sabablari, namoyon boʻlish shakllari xil-maxil. Barcha fan sohiblarida I. boʻladi. I. ijodning qudratli omili, u ijodkorlarning hamma kuchlarini ishga soladi, ijodiy samaradorlikka yordam beradi (yana q. Ijod).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |