Mutal Burxonov uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mutal Burxonov uy-muzeyi
Mutal Burxonov uy-muzeyi
Asos solingan sanasi 2018-yil
Manzili Buxoro shahar Bahouddin Naqshband koʻchasi
Sayti https://www.bukharamuseums.uz

Mutal Burxonov uy-muzeyi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Mazkur muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida filial sifatida 2018-yilda tashkil etilgan[1]. Mazkur muzey bastakor, Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi musiqasi muallifi Mutal Burxonov hayot yoʻliga bagʻishlangan.


Muzey tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey ekspozitsiyasining tuzilishi quyidagicha: Mutal Burxonov umr yoʻli, bastakor ijod xonasi, musiqa tarixi va eʼtirof, ehtiromdan iborat[2]. Ekspozitsiyaning dastlabki qismida uy-muzeyining ochilishi, Oʻzbekiston xalq artisti boʻlgan bastakor ijodi haqida maʼlumotlar doskasi, uning fotosuratlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari: davlat bayrogʻi, davlat gerbi, davlat madhiyasi aks ettirilgan plakatlar, bastakorning suratlari va boshqalar haqida maʼlumotlar berib oʻtiladi. Shuningdek, davlat arbobining yoshlik davrlariga bagʻishlangan ushbu xonada asosan Mutal Burxonovga tegishli boʻlgan bir qancha buyumlar, kitoblar, hujjatlar, fotosuratlar, xona jihozlari, stol-stul, televizor, uning kiyim-kechaklari va boshqa yordamchi buyumlar namoyishga qoʻyiladi. Bastakor uy-muzeyi ekspozitsiyasining navbatdagi qismi „Eʼtirof, ehtirom“ nomi bilan atalib, ushbu xonada Mutal Burhonov ijodiga boʻlgan eʼtibor, hurmatning belgilari sifatida taqdim etilgan orden va medallar, koʻkrak nishonlari, esdalik nishoni singari buyumlar, faxriy yorliqlar, taklifnoma hamda tabriknomalar namoyish etiladi. Mutal Burxonov ijodining mustaqillik yillaridagi bosqichi bilan bogʻliq jihatlar, jumladan bastakorning mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlaridan biri davlat madiyasi musiqasini yaratish bilan bogʻliq jarayonlar, madhiyaning qoʻlyozma nusxasi, Mutal Burxonovning esdalik nishonlari, orden va medallar bilan taqdirlanish jarayonida tushgan rangli fotosuratlar va boshqa yordamchi materiallar namoyish koʻzda tutilgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]