Kentau
Kentau | |
---|---|
shahar | |
qoz. Кентау | |
43°31′01″N 68°30′16″E / 43.51694°N 68.50444°EKoordinatalari: 43°31′01″N 68°30′16″E / 43.51694°N 68.50444°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Janubiy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Baxtbek Baysalov |
Asos solingan | 1955 |
Avvalgi nomlari | Mirgʻalimsay |
Qachondan beri shahar | 1955 |
Aholisi (2013) |
64,159[1] |
Milliy tarkib | qozoqlar, oʻzbeklar, ruslar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72536[2] |
Pochta indeks(lar)i | 160400 [3] |
Avtomobil kodi | X, 13 |
Kentau — (qoz. Кентау) Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1955-yildan). Qoratov tizmasi yon bagʻrida, 250–300 m balandlikda, Chimkentdan 225 km shimoli-gʻarbda, Turkiston temir yoʻl stansiyasidan 40 km joylashgan. Aholisi 61,860 kishi (2012).
Aholisi[tahrir]
Shahar aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha (qishloq okruglari bilan qoʻsha hisoblaganda) 90,171 kishini tashkil qildi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha:
Shahar tashkil topgan vaqtda ruslar koʻplab koʻchib kela boshladi, ulardan boʻlak yunonlar, olmonlar, koreyslar, chechenlar ham koʻchib kelishdi.
Sanoati[tahrir]
Shaharda polimetall rudalari boyitiladi. Ekskavator va transformator zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi, kon-metallurgiya texnikumi bor.[4]
Ijtimoiy soha[tahrir]
Shaharda madaniyat uyi, markaziy kutubxona, park, kinoteatr, „’’Kentau shugʻilasi’’“, „Kentau“ nomli shahar gazetalari, shahar „Inkar“ telekanali faoliyat yuritadi. Kentau shahrida Xalqaro qozoq-turk universitetining ekologiya, tibbiyot fakultetlarning filiallari, musiqa, tasviriy sanʼat, sport, „Darin“ maktablari, maktab-gimnaziya, kasbi-texnik maktabi, togʻ-kon metallurgiya kolledji, agrokolledj bor.
Galereya[tahrir]
Manbalar[tahrir]
Havolalar[tahrir]
- Кентау на официальном сайте Южно-Казахстанской области
- «Кентау: город сбывшихся надежд» — статья к 50-летию города
- «От древнего Понта до Кентау» — статья на сайте понтийских греков
- Комплексная оценка внешних факторов, определяющих здоровье детей и подростков промышленного центра Южного Казахстана, на примере города Кентау
|
![]() |