Cherkez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Cherkez
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binomial nomi
Salsola richteri

Cherkez, norboyalish (Salsola richteri (Moq.) Karel) — shoʻradoshlar oilasiga mansub yirik buta yoki daraxt Oʻrta Osiyoning qumli choʻllari, Eron va Afgʻonistonda oʻsadi. Boʻyi 4 m cha, barglari ingichka, deyarli ipsimon, uz. 4—8 sm. Gulyonbargchalari gullaridan qisqa yoki ularga teng . Gullari koʻrimsiz, gulqoʻrgʻoni oddiy, besh boʻlakli. Iyun—sentabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonning qumli yerlarida keng tarkalgan. Yemxashak va dorivor oʻsimlik. Undan koʻchma qumlarni mustahkamlashda ham foydalaniladi. Xashagi toʻyimli, mevasidan dorivor moddalar, yangi barglaridan gazlama boʻyoqlari olinadi, yagdil novdalari sovun tayyorlashda ishlatiladi. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi.