Quyonsuyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyonsuyakdukkakdoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda, Gʻarbiy Sibirning jan.-gʻarbida va Xitoyda tarqalgan. Oʻzbekistonda Qizilqum choʻlida, Buxoro viloyatida, Qoraqalpogʻistonning qumli yerlarida oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. Boʻyi 0,5–3 m. Daraxtining boʻyi 8 m ga yetadi. Novdalari ingichka, osilib turadi. Barglari yaltiroq-kumushrang, mayin, uz. 2 — 3 sm. Gullari havorang, xushboʻy, shingillarga yigʻilgan. mevasi 2—3 dukkak. Yogʻochidan har xil buyumlar tayyorlanadi, ildizidan boʻyoq olinadi va koʻchma qumlarni mustahkamlash maqsadida ekiladi. Oʻtin sifatida foydalaniladi. Ildizidan koʻpayadi. 25—30 yil yashaydi.