Isiriq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isiriq (Peganum) — isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 60—70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (P. harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq va b. moddalar bor. Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)nn davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi.

Badboʻy islarni yoʻqotish, goʻyo har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham I.dan foydalaniladi (qarang Isiriq solish).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil