Kontent qismiga oʻtish

Islomxoʻja madrasasi

Koordinatalari: 41°22′36″N 60°21′37″E / 41.37667°N 60.36028°E / 41.37667; 60.36028
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Islomxoʻja madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Xudoybergan xoji, Bolta Voisov va Eshmuhammad Xudoyberdiyev
Binokorlik tashabbuschisi Islomxoʻja
Binokorlik 19081910
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida[1]
Holati
UNESCO bayrogʻi UNESCOning Butun jahon yodgorliklari
Bino maydoni {{{Bino maydoni}}}
Balandligi 56,6
Hujralar soni 42 ta

41°22′36″N 60°21′37″E / 41.37667°N 60.36028°E / 41.37667; 60.36028

Islomxoʻja madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri va qaynotasi Islomxoʻja qurdirgan (19081910).

Madrasa qurilishi 1908-yilda boshlangan. 1910-yilga kelib qurilish ishlari tugallandi[2]. Islomxoʻja madrasasi 42 ta hujradan iborat bo‘lgan. Ilm dargohida 50 ta talaba tahsil olgan[3]. Islomxo‘ja zamonasining mashhur kishilardan biri bo‘lib, Xiva shahrining obodonchiligi uchun jon kuydirgan. Uning sa'y harakatlari bilan Xivada kasalxona, pochta, telegraf, Qo‘sh darvoza, Nurullaboy saroyidagi Asfandiyorxonning qabulxonasi, Xorazmning ba’zi hududlariga temirdan yangi ko‘priklar qurilgan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa (42,8*32,5)ning bosh tarzi ikki qavatli. Kiraverishda o‘ng tarafda maxsus masjid ham bino qilingan. Bosh fasadi bilan minoraga bog‘liq bo‘lgan madrasaning tashqi qiyofasi va bezaklari Xivadagi boshqa madrasalardan uncha farq qilmaydi. Peshtoqining yon qanotlariga ikki qavatli ravoqlar shaklida bezak berilgan. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Ravoqlarning tepasi hoshiyalar hamda sirkor koshinlar bilan bezatilgan. Hovlisining devorlarida hech qanday bezak yo‘q. Hovli (23x20) atrofi bir qavatli kichik hujralar (jami 42 ta) bilan oʻralgan. Bosh tarzining hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning janubi-sharqidagi masjid gumbazli, mehrobi koshin va ganchkori naqsh bilan bezatilgan. Old tomonida Xivadagi eng baland minora (56,6 m) qad koʻtargan. Asosining diametri —9,5 m. Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Koʻk, yashil rangli naqshlar bilan bel-bogʻlar ishlangan. Qafasasiga panjaralar oʻrnatilib, yuqorisi muqarnasli sharafa va qubba bilan yakunlangan. Minora shaharning deyarli hamma tomonidan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Islomxoʻja madrasasi va minorasini qurishda meʼmor Xudoybergan hoji, naqqoshlar Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta Voisov va boshqalar qatnashgan[4]. Peshtoqning orqa tarafida, hujralarning ustidan oddiy yog‘och ustunga ega ayvon qurilgan. Madrasaning eng katta xonasi yirik gumbazli masjiddir. Masjid Islomxoʻja madrasasining butun janubi-g‘arbiy tarafini egallagan. Masjidning ichki qiyofasi Xiva ustalari ijod maktabiga xos tarzda katta gumbazli xona tipida yopilgan. Masjidning janubiy tarafida joylashgan burchakdagi gumbaz ostida va mehrobda sirkor hamda ganchkori bezaklar ishlatib chiroyli manzara yaratilgan[5]. Madrasani barpo etish uchun vaqf sifatida Islom Xo‘ja o‘z mulkidan 14 ming 451 tanob yer ajratib bergan. Madrasada hozirgi vaqtda “Xorazm Amaliy san’ati” muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda yog'och haykallar, metall buyumlar, gilamlar, qadimiy arab yozuvlari tushirilgan toshlar, xumlar, shuningdek, kundalik buyumlar va tangalar namoyish etiladi[6].



  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. „Islom Xo‘ja meʼmoriy ansambli“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 14-oktabr 2023-yil.
  3. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 49-bet. 
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. „Islom Xo‘ja madrasasi“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 14-oktabr 2023-yil.
  6. S. Daniyarov, B. Daniyarova, T. Tochtemirova. Ouzbekistan, Guides peuples du monde, Paris, 2020 — 197-bet. ISBN 9 782907629 867.