Voisov Bolta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voisov Bolta (1892—Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlogʻi—1958)— kulol, koshinkor usta, Xorazm kulolligi maktabi vakili. Hunarni otasi Vois kulol va usta Madrasuldan oʻrgangan. 20-asr boshlarida Xiva meʼmoriy ansamblidagi yirik binolarni bezashda koshinkor sifatida qatnashgan. Murakkab meʼmoriy naqsh mujassamotlari tuzgan, yodgorliklarni tiklash uchun koshinlar tayyorlagan. Naqshli sopol idishlar, ayniqsa qalami uslubida naqshlangan bodiyalar tayyorlash V. ijodida asosiy oʻrin tutadi. V. ishlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil