Irina Semenova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Irina Gevorgyandan yoʻnaltirildi)
Irina Semenova

2008-yilda Drezdendagi 38-shaxmat Olimpiadasida Irina Gevorgyan
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Tavallud paytidagi ismi Irina Gevorgyan
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 18-yanvar 1990-yil (1990-01-18) (34 yosh)
Toshkent
Sport
Qaysi sport shaxmat
Murabbiy(lar)i Andreyan Mirzaahmedov

Irina Muradovna Semenova (Gevorgyan)[1][2] (tugʻilgan 1990-yil 18-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchi, ayollar oʻrtasida grossmeyster (2019-yil), FIDE hakami[3]. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati besh karra gʻolibi. Irina Gevorgyan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollari terma jamoasi aʼzosi (2004-2020), besh karra Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasida grossmeyster 1990-yil 18-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Irina olti yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgana boshlagan. Birinchi murabbiyi 171-maktabda shaxmat toʻgaragida ishlagan Andreyan Abdullaevich Mirzaahmedov[2][4].

2006-yilda Toshkent shahridagi 60-maktabni (hozirgi Iogan Volfgang fon Gyote nomidagi 60-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabini) bitirgan. 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan[2].

Universitetni tugatgach, Irina bir necha yil Toshkent shahridagi sport maktabida shaxmat boʻyicha murabbiy boʻlib ishlaydi[4]. 2014-yildan Oʻzbekiston Shaxmat Federatsiyasi xalqaro aloqalar menedjeri ishlaydi[5].

2019-yilda Irina Gevorgyan turmushga chiqdi va Semenova familiyasini oldi[4].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Irina Gevorgyan samlanishlarini birinchi bor xalqaro sari asosida[1].

Irina Gevorgyan 2008-yili Drezdenda (Germaniya) oʻtkazilgan Butunjahon 38-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida qatnashdi. Irina bilan birga Oʻzbekiston ayollar terma jamoasida Nafisa Mo‘minova, Nodira Nodirjanova, Olga Sobirova, Hulkar Toxirjanovalar ishtirok etishdi. Oʻzbekiston terma jamoasi omadsiz oʻynadi va umumjamoa hisobida atigi 22-oʻrinni egalladi. Irina Gevorgyan 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasida gʻalaba qozongan va bittasida durang qayd etgan. Yakka tartibdagi yakuniy jadvalda esa 34-oʻrinni egallagan[6].

2012-yilda Istanbulda (Turkiya) oʻtkazilgan Butunjahon 40-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etgan Irina Gevorgyan 10 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 3 tasida gʻalaba qozongan va 4 tasida durang qayd etgan. Yakka tartibdagi yakuniy jadvalda esa 41-oʻrinni egallagan[7].

2013-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birgalikda shaxmat boʻyicha Markaziy Osiyo kubogida gʻolib chiqdi[8].

2014-yilda Tromsøda (Norvegiya) oʻtkazilgan Butunjahon 41-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etgan Irina Gevorgyan 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 5 tasida gʻalaba qozongan va 2 tasida durang qayd etgan. Yakka tartibdagi yakuniy jadvalda esa 23-oʻrinni egallagan[9].

2015-yilda shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[10].

2016-yilda Bokuda (Ozarbayjon) oʻtkazilgan Butunjahon 42-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etgan Irina Gevorgyan 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasida gʻalaba qozongan va 3 tasida durang qayd etgan. Yakka tartibdagi yakuniy jadvalda esa 20-oʻrinni egallagan[11]. Oʻsha yilida Batumida oʻtkazilgan xalqaro shaxmat festivali „Batumi Municipality Cup-2016“da oltin medalni qoʻlga kiritdi[12][13].

2018-yilda Batumida (Gruziya) oʻtkazilgan Butunjahon 43-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etgan Irina Gevorgyan 10 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasida gʻalaba qozongan va 5 tasida durang qayd etgan[14]. Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida atigi 17-oʻrinni egalladi[15].

2020-yilda Irina Semenova sport karerasini yakunladi[1].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irina Semenovaning shaxmatdagi yutuqlari:

  • ayollar oʻrtasida FIDE sport ustasi (2006-yil)
  • ayollar oʻrtasida xalqaro FIDE ustasi (2016-yil)
  • ayollar oʻrtasida grossmeyster (2019-yil)
  • FIDE hakami (2016-yil)
  • xalqaro FIDE hakami (2019-yil)[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Irina Semenova (Gevorgyan)“. chessgames.com.
  2. 2,0 2,1 2,2 „ГЕВОРГЯН ИРИНА МУРАДОВНА“. OOO "SEHRLI SHAHMAT" veb-sayti. 2023-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  3. 3,0 3,1 „PROFILE INFO“. International Chess Federation.
  4. 4,0 4,1 4,2 „ИРИНА ГЕВОРГЯН: «ШАХМАТИСТОВ ВЫДЕЛЯЮТ ИХ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ»“. perspectum.info.
  5. „Oʻzbekiston Shaxmat Federatsiyasi (rahbariyat)“.
  6. „38th Chess Olympiad (women): Dresden 2008“. olimpbase.
  7. „40th Chess Olympiad (women): Istanbul 2012“. olimpbase.
  8. „Cборная Узбекистана завоевала командный Кубок Центральной Азии по шахматам“. podrobno.uz.
  9. „41st Chess Olympiad (women): Tromsø 2014“. olimpbase.
  10. „Геворгян — вторая на чемпионате Узбекистана“. "Республика Армения" gazetasi.
  11. „42nd Chess Olympiad (women): Baku 2016“. olimpbase.
  12. „Шахматистка из Узбекистана выиграла международный турнир в Батуми“. УзТАГ.
  13. „1 место в международном турнире по стандартным шахматам в Батуми (Грузия)“. usport.uz.
  14. „Games played by Irina Gevorgyan“. 365chess.com.
  15. „43rd Chess Olympiad 2018 Women“. chess-results.com.