Indoneziya — Yaponiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Indoneziya — Yaponiya munosabatlari

Indoneziya

Yaponiya
Diplomatik vakolatxona
Indoneziya elchixonasi Tokioda. Yaponiya elchixonasi Jakartada.
Elchixona
Indoneziyaning Yaponiyadagi elchisi Heri Ahmadiy (2020) Yaponiyaning Indoneziyadagi elchisi Kenji Kanasugi (2020).

Indoneziya va Yaponiya diplomatik munosabatlarni 1958-yilda oʻrnatgan. Ikkala davlat ham tarixiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni birlashtirgan Osiyo davlatidir. Ikkala xalq ham Ikkinchi Jahon urushida qiyin davrni boshdan kechirishgan. Ikkinchi Jahon urushi davrdagi Gollandiyaning Sharqiy Hindistoni (Indoneziya) Yaponiyaning imperator armiyasi tomonidan uch yarim yil davomida egallab olingan[1]. Yaponiya Indoneziyaning asosiy savdo sherigi hisoblanadi. Yaponiya Indoneziyaning eng yirik eksport hamkori, shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi orqali Indoneziyaga rivojlanish yordamining asosiy sarmoyadori hisoblanadi. Indoneziya Yaponiyaga suyultirilgan gaz kabi tabiiy resurslarning muhim yetkazib beruvchisidir. Ikkala davlat ham G20 va Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti aʼzolaridir. Bugungi kunda Indoneziyada 11 000 ga yaqin yaponiyalik muhojir boʻlsa, Yaponiyada 24 000 ga yaqin Indoneziya fuqarolari ishlamoqda va oʻqimoqda.

Indoneziyaning Tokioda elchixonasi va Osakada konsulligi bor. Yaponiyaning Jakartada elchixonasi, Surabayada bosh konsulligi va Medan, Denpasar hamda Makassarda konsulliklari bor.

2017 BBC Jahon Xizmati Xalqaro fikr soʻrovi Yaponiya taʼsiriga mamlakatlar boʻyicha qarashlar (ijobiy — salbiy boʻyicha tartiblangan)
Soʻrovda qatnashgan mamlakatlar ijobiy salbiy neytral farq
Xitoy bayrogʻi Xitoy
22%
75%
3 -53
 Ispaniya
39%
36%
25 3
 Turkiya
50%
32%
18 18
 Pokiston
38%
20%
42 18
 Hindiston
45%
17%
38 28
 Rossiya
45%
16%
39 29
 Peru
56%
25%
19 31
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya
57%
24%
19 33
 Buyuk Britaniya
65%
30%
5 35
 Meksika
59%
23%
18 36
 Keniya
58%
22%
20 36
 Germaniya
50%
13%
37 37
 Indoneziya
57%
17%
26 40
 AQSh
65%
23%
12 42
 Yunoniston
52%
9%
39 43
 Fransiya
74%
21%
5 53
 Braziliya
70%
15%
15 55
 Avstraliya
78%
17%
5 61
 Kanada
77%
12%
11 65

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tilshunos Ann Kumar (2009) baʼzi avstroneziyaliklar Yaponiyaga koʻchib oʻtishgan, ehtimol Yavaʼdan elita guruhi va yapon-ierarxik jamiyatni yaratgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida avstroneziya va yapon oʻrtasidagi 82 ta mantiqiy qarindoshlikni aniqlagan[2].

Indoneziyaning Yaponiyadagi elchixonasi

Mustamlaka davri munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oda Nobunaga Daimyo hukmronligi davrida, Sengoku davrida Nagasaki shahrida XVI asrda barcha katolik missionerlarining surgun qilinishi bilan katolik mamlakatlari savdogarlari ham mamlakatdan quvib chiqarildi. Ular bilan birga yarim yapon va yarim yevropalik bolalari ham ketishga majbur boʻldi. Koʻpchilik Jagataraga (Jakarta) yuborilgan.

Jagatara Oharu (Jakartalik Oharu) yoki Jeronima Haru Marino (Jeronima Simonsen) (1625-yil Nagasaki? - 1697-yil aprel, Bataviyada) 72 yoshida Yaponiyadan haydalgan. Keyinroq Gollandiyaning Sharqiy Hindistonidagi Bataviyaga joylashdi.

XVII asr boshlarida yapon koʻchmanchilari birinchi marta Gollandiyaning Sharqiy Hindistoni (Indoneziya)ga joylashganligi qayd etilgan. Kattaroq toʻlqin XVII asrda, Qizil muhr kemalari (qizil muhrlangan harflar patenti bilan Janubi-Sharqiy Osiyo portlariga yoʻl olgan yapon qurolli savdo yelkanli kemalari) Janubi-Sharqiy Osiyoda savdo qilganda paydo boʻldi. 1898-yilda Gollandiya Sharqiy Hindiston mustamlakachilik yozuvlari Gollandiya Sharqiy Hindistonida 614 yapon istiqomat qilganini koʻrsatadi (166 erkak, 448 ayol)[3]. Yaponiya aholisining oʻsishi bilan 1909-yilda Bataviyada Yaponiya konsulligi tashkil etildi, ammo dastlabki bir necha yil ichida uning aholisi statistikasi noaniq boʻlgan[4]. 1920-yillarning oxiridan boshlab Okinava baliqchilari Sulavesi shimoliga joylasha boshladilar. Manadoda 1939-yilga kelib 18 oʻquvchi boʻlgan yapon boshlangʻich maktabi mavjud edi[5]. 1938-yilga kelib Indoneziyada jami 6349 yapon yashagan[6].

1942-yilda Yaponiya imperiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, jumladan Indoneziyaga ham bostirib kirdi. Yaponlar Gollandiya qoʻshinlarini magʻlub etib, Borneo, Yava, Sumatera va Niderlandiyaning asosiy neft qazib olish zonalarini (Gollandiyaning yangi Gvineyasi (zamonaviy Indoneziyaning Papua viloyati; shuningdek, mis qazib olishga ham qulay edi)) egallab olishdi. Koʻpchilik Yavaning tub aholisi tomonidan yaponlar ozodlik qahramonlari sifatida kutib olindi. Koʻpgina mahalliy aholi mahalliy Yava bashoratining amalga oshishini koʻrdi. Yaponlar Indoneziyada millatchilik tuygʻusining tarqalishini ragʻbatlantirdilar. Lekin bu Indoneziya mustaqilligini altruistik qoʻllab-quvvatlashdan koʻra koʻproq Yaponiyaning siyosiy ustunligi uchun qilingan boʻlsa-da, bu yordam Indoneziyaning yangi institutlarini va Sukarno kabi yuqori siyosiy rahbarlarni yaratdi. Indoneziya millatchi rahbarlarini yollash orqali yaponlar Indoneziyani qoʻllab-quvvatlashga va Indoneziya xalqini Yaponiya urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga safarbar qilishga harakat qilishdi. Yaponiyaning Indoneziyani bosib olish tajribasi mamlaatning qaysi hududiga qaratilganiga qarab oʻzgarib turardi. Urush uchun zarur deb hisoblangan hududlarda yashaganlarning koʻpchiligi qiynoqlar, jinsiy qullik, oʻzboshimchalik bilan hibsga olish, qatl qilish va boshqa urush jinoyatlarini boshdan kechirgan. Oʻlim darajasi juda yuqori boʻlgan Yaponiya harbiy loyihalari uchun minglab odamlar Indoneziyadan majburiy mehnat yoki romusha sifatida olib ketilgan.

Gʻarbiy Ittifoq kuchlariga qarshi urushda Indoneziya xalqidan harbiy yordam olish uchun Yaponiya indoneziyalik yoshlarni harbiy tayyorgarlik va qurollar bilan taʼminlash, shu jumladan PETA (Pembela Tanah Air — Vatan himoyachilari) deb nomlangan koʻngillilar armiyasini shakllantirish orqali Indoneziya millatchilik harakatini qoʻllab-quvvatlay boshladi). Urushdan soʻng indoneziyalik yoshlarning yapon harbiy mashgʻulotlari dastlab Yaponiya imperiyasining qulashi uchun mahalliy aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan edi. Biroq, keyinchalik bu harbiy tayyorgarlik Indoneziya Respublikasi uchun 1945-yildan 1949-yilgacha boʻlgan milliy inqilob davrida muhim boylikka aylandi.

1945-yilda yaponiyaliklar magʻlubiyat yoqasida boʻlganida, gollandlar Indoneziyadagi oʻz hokimiyatlarini tiklashga harakat qilishdi va yapon armiyasidan Indoneziyada „qonun va tartibni saqlashni“ soʻradilar[7]. Gollandiyaliklar uchun afsuski, yaponlar Indoneziya millatchilariga oʻzini oʻzi boshqarishga tayyorgarlik koʻrishga yordam berishni maʼqul koʻrdilar. 1944-yil 7-sentabrda, urush yaponiyaliklar uchun yomon kechayotgan bir paytda, Bosh vazir Kuniaki Koiso Indoneziyaga mustaqillik berishni vaʼda qildi, ammo Bosh vazir bu mustaqillik sanasini aniq belgilamadi[8]. 1945-yil 29-aprelda Yaponiyaning 16-armiyasi BPUPK (yaponcha: Dokuritsu Junbi Chou-sakai; Mustaqillikka tayyorgarlik ishlari boʻyicha tergov qoʻmitasi), Yaponiya tomonidan tashkil etilgan qoʻmita „Yava oroli hukumati mintaqasida mustaqillikka tayyorgarlik koʻrish“ boʻyicha ish olib boradi[9]. Tashkilot 1945-yil 29-aprelda Yavadagi 16-armiya qoʻmondoni, general-leytenant Kumakichi Xarada tomonidan tashkil etilgan. ,Unda Indoneziya mustaqilligi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi, lekin 1945-yil 17-avgustda Indoneziyaning mustaqillik eʼlon qilinishi Yaponiyaning rasmiy yordamisiz Sukarno va Hatta tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilgan[10].

Mustaqillikdan keyingi munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya elchixonasi (oʻngda) Jl. Thamrin, Markaziy Jakarta.

Yaponiya istilosi tugagandan soʻng, taxminan 3000 yaponiyalik Imperator armiyasi askarlari Indoneziyada qolishni va Indoneziya milliy inqilobida Gollandiya mustamlakachilariga qarshi mahalliy xalq bilan birga kurashishni tanladilar; Guruhning taxminan uchdan bir qismi oʻldirilgan, ularning koʻplari Kalibata Qahramonlar qabristoniga dafn etilgan, yana uchinchisi janglar tugaganidan keyin Indoneziyada qolishni tanlagan, ularning baʼzilari Indoneziya mustaqilligi qahramonlari sifatida ulugʻlanadi[11][12].

Inqilobdan keyin Indoneziyaning mustaqilligi 1949-yil oxiriga kelib tan olindi. 1950-yillarning oʻrtalarida San-Fransisko kelishuvi imzolangandan soʻng Yaponiya va Indoneziya oʻrtasidagi urush tovonlari toʻgʻrisida muzokaralar boshlandi va 1958-yilda tovon toʻlash toʻgʻrisidagi bitim va diplomatik munosabatlarning ochilishi bilan yakunlandi. Indoneziya Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar rasman 1958-yil aprel oyida oʻrnatilgan.

1970-yillarda yapon ishlab chiqaruvchilari, ayniqsa elektronika sohasi vakillari Indoneziyada fabrikalar tashkil qila boshladilar; bu yaponiyalik muhojirlarning yangi toʻlqini, asosan, yirik yapon korporatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan menejerlar va texnik xodimlarning migratsiyasini ragʻbatlantirdi[13]. Yaponiya avtomobilsozlik sanoati ham Indoneziya bozorida hukmronlik qila boshladi va bugungi kunda yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilari Indoneziyadagi eng katta bozor ulushlariga ega. Bir vaqtning oʻzida yapon isteʼmol mahsulotlari ham Indoneziya bozoriga kela boshladi.

Biroq, Yaponiyaning Indoneziya ustidan iqtisodiy hukmronligi xalq muxolifatiga olib keldi, bu esa 1974-yil 15-yanvarda Yaponiyaga qarshi va xorijiy sarmoyalarga qarshi namoyishlar hamda tartibsizliklarga olib keldi. Bu Malari hodisasiga (indonezcha qisqartmasi: Malapetaka Limabelas Januari yoki „Oʻn besh yanvar falokati“) aylanib ketdi. Yaponiya Bosh vaziri Kakuey Tanakaning 1974-yil 14-17-yanvar kunlari Jakartaga davlat tashrifi paytida malari hodisasi roʻy berdi.

1980-yillardan XXI asrgacha davom etgan munosabatlar natijasida Indoneziyadagi yapon investitsiyalari doimiy ravishda oʻsib bordi.

Mamlakatni taqqoslash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Indoneziya Indoneziya Yaponiya Yaponiya
Hudud 1,904,569 km2 377,973 km2
Aholi 261 115 456 (2016) 126 440 000 (2016)
Aholi zichligi 138/km2 334/km2
Poytaxt Jakarta Tokio
Eng katta shahar Jakarta — 10 075 310 (30 214 303 metro) Tokio — 13 839 910 (38 140 000 metro)
Hukumat Unitar prezidentlik konstitutsiyaviy respublika Unitar parlamentar konstitutsiyaviy monarxiya
Til (lar) Indoneziya (rasmiy) yapon (milliy); Davlat darajasida rasmiy til yoʻq
Dinlar 86,7 % islom, 10,72 % nasroniylik, 1,7 % hinduizm, 0,8 % buddizm, 0,03 % konfutsiylik 51,8 % sintoizm — dinsizlar, 34,9 % buddizm, 4,0 % Kyoxa Shinto , 2,3 % xristianlik va boshqalar.
Etnik guruhlar 42,6 % yava, 15,4 % sundan, 3,4 % malay, 3,3 % madurez, 3 % batak, 2,7 % minangkabau, 2,5 % betavi, 2,4 % bugis va boshqalar. 94,9 % Yamato, 1,5 % Uchinaanchu, 0,6 % koreyslar, 0,5 % xitoylar, 0,2 % filippinlar, 0,2 % braziliyaliklar, 0,1 % aynular va boshqalar.
YaIM 1,074 trillion dollar (nominal, 2018-yil); 5,167 trillion dollar (nominal, 2018-yil);
Aholi jon boshiga YaIM 4 051 dollar (nominal, 2018-yil); 40 105 AQSh dollari (nominal, 2018-yil);
YaIM oʻsish sur’ati 5,1 % (2017) 1,0 % (2018)
Asosiy sanoat tarmoqlari Palma yogʻi, koʻmir, neft, toʻqimachilik Avtomobil, elektronika, mashinasozlik, poʻlat
Ishchi kuchi 125 million (2016) 65 million (2017)
Inson taraqqiyoti indeksi 0,718 (Yuqori) 0,909 (juda yuqori)

Iqtisodiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Indoneziyada 1200 dan 1300 tagacha yapon korporatsiyasi faoliyat yuritgan, Indoneziyada 12 000 ga yaqin yapon fuqarolari yashagan. Yaponiya oʻnlab yillar davomida Indoneziyaga, xususan, avtomobilsozlik, elektron mahsulotlar, energetika va togʻ-kon sanoati sohalariga sarmoya kiritib kelmoqda. Indoneziya Respublikasi tashkil topgunga qadar yaponlar Indoneziyaga tabiiy resurslarning muhim manbai sifatida qarashgan. Yaponiyaning tabiiy resurslarga boʻlgan ehtiyoji Ikkinchi Jahon urushi paytida harbiy bosqinchilik natijasida xalqni janubga yanada kirib borishiga sabab boʻlgan. Bugungi kunda Indoneziya Yaponiyaning tabiiy kauchuk, suyultirilgan gaz, koʻmir, minerallar, qogʻoz pulpasi, qisqichbaqalar va orkinos kabi dengiz mahsulotlari va qahva uchun asosiy yetkazib beruvchi hisoblanadi. Anʼanaga koʻra Indoneziya yapon avtomobil va elektron tovarlarning asosiy bozori sifatida qaraladi. Yaponiya korxonalari uchun Indoneziya arzon ishlab chiqarish kuchlari mavjud joy boʻlib kelgan, shuningdek, ishlab chiqarish operatsiyalari uchun zarur boʻlgan turli xil tabiiy resurslar manbai boʻlgan. Indoneziyada 1000 ga yaqin yapon kompaniyasi ishlaydi, ularda 300 000 ga yaqin kishi ishlaydi[14]. Yirik yapon fabrikalari Jakartaning sharqida, Bekasi, Cikarang va Karawang, Gʻarbiy Yavada yuqori konsenratsiyalarda joylashgan.

Indoneziyada daromadlar, aholining koʻpligi va iste’mol tovarlari iste’molining ortishi natijasida Yaponiyaning Indoneziyaga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritilishining yangi tendensiyasi paydo boʻldi. Binobarin, Yaponiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari endi anʼanaviy sektorlar bilan cheklanib qolmay, balki chakana savdo, ommaviy axborot vositalari va isteʼmol mahsulotlari sohalarini ham oʻz ichiga oladi.  Ootoya, Yoshinoya, Sukiya va Ebisu Curry kabi yapon restoranlari tarmogʻi, Sogo, AEON va MUJI kabi moda, chakana savdo va maishiy texnika doʻkonlari hamda Books Kinokuniya kabi kitob doʻkonlari Indoneziya bozoriga yaqinda kirib keldi. Taisho Pharmaceutical Co. yaqinda Bristol Myers Indoneziyani sotib oldi.  Ushbu yangi korporatsiyalarning sarmoyasi bir nechta yapon kompaniyalarining muvaffaqiyati bilan ragʻbatlantirilmoqda. Ajinomoto Indoneziyada 50 million dollarlik yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda.

2007—2011-yillardagi oʻzaro savdo hajmining tendensiyasi yiliga oʻrtacha 11,97 foizga oʻsganligini koʻrsatdi, chunki oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari 2007-yildagi 30,15 milliard AQSh dollaridan 2011-yilda 53,15 milliard AQSh dollarigacha sezilarli oshganligini koʻrsatmoqda. 2018-yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 37,44 milliard dollarni tashkil etdi va Yaponiya Indoneziyaning Xitoydan (72,67 milliard dollar) keyin ikkinchi yirik savdo sherigi sifatida qayd etildi[15].

2020-yil 20-oktabrda Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga Indoneziyaga[16] tashrif buyurdi. Yosixide Suga Indoneziyaga koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan iqtisodiy inqirozni yengishda yordam berish uchun Janubi-Sharqiy Osiyo davlati prezidenti Joko Vidodo bilan muzokaralar olib borishda unga 50 milliard Yen (473 million dollar) miqdorida past foizli kreditlar berishga vaʼda berdi[17].

Madaniy almashinuv va turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

JGSDF(Yaponiyaning quruqlikdagi oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari) askarlari 2004-yil Ache sunamisidan keyin tabiiy ofatlarga yordam berish paytida yordam tarqatmoqda.

Yapon madaniyati Indoneziyada yapon oshxonasi, kimono, origami, samuray va karate kabi anʼanaviy oʻziga xos xususiyatlardan tortib, manga, anime, videooʻyinlar, J-pop va driftingning motorsport kabi zamonaviy madaniyatigacha yaxshi tanilgan. Doraemon, Power Rangers va Crayon Shinchan kabi mashhur yapon animatsion dasturlari, shuningdek, Super Mario, Street Fighter va Final Fantasy kabi videooʻyinlar 1990-yillarning oxiridan boshlab indoneziyaliklar orasida mashhurlikka erishdi. Jakartada joylashgan JKT48 mashhur pop guruhi Yaponiyadagi AKB48 guruhining birinchi xorijdagi qardosh guruhi edi. Koʻplab yaponlar ham Indoneziya madaniyatiga qiziqish bildirishgan. Batik, gamelan va Indoneziya raqslari kabi Indoneziya madaniy piktogrammalari yaponiyaliklarning eʼtiborini tortadi. Bali va Borobudur yapon sayyohlari uchun mashhur yoʻnalishlarga aylangan: Yaponiya Balidagi eng yirik turizm manbalaridan biridir.

85 000 dan ortiq indoneziyaliklar yapon tilini oʻrganishadi, bu Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng koʻp va dunyoda oltinchi oʻrinda turadi. Indoneziyaliklarning yapon tiliga boʻlgan qiziqishi 1980-yillardan beri Indoneziyadagi yapon biznesining koʻpayishi va Indoneziyaga yaponiyalik sayyohlarning koʻpligi tufayli kuchaygan. Yapon tilini bilish indoneziyalik talabalar va ishchilar uchun pul topishda foydalidir.

Jakartada Grand Wijaya Center va Blok M yaponiyalik muhojirlarga xizmat koʻrsatadigan korxonalar klasterlariga ega, jumladan, import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan restoranlar va supermarketlar ham bor[18]. Yapon uslubidagi biznes – koʻngilochar ob’ektlarning koʻpligi natijasida Blok M va Melawai Raya koʻchasi atrofidagi hudud Jakartaning „Kichik Tokio“ nomi bilan mashhur boʻlgan[19].

2014-yilda Yaponiya hukumati Yaponiya va Indoneziyadagi odamlar oʻrtasidagi almashinuvni kuchaytirish maqsadida oddiy biometrik pasportga ega boʻlgan Indoneziya fuqarolari uchun ham viza talablarini bekor qildi[20].

Yaponiyaning Indoneziyadagi sobiq elchisi Masafumi Ishii bir nechta Indoneziya oshxonalarini yaxshi koʻrishi bilan mashhur. Ishii Instagramda ovqatlanish faoliyatini tez-tez namoyish qilib turadi, bu Ishiini Indoneziya va Yaponiyada (xususan, Indoneziya) mashhur qilgan[21][22].

Yaponiya taraqqiyot yordami[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Indoneziyaga taraqqiyot yordamining eng yirik xayriyachilaridan biri hisoblanadi; Ushbu rivojlanish yordami Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va xalqaro agentliklar, xususan, Osiyo taraqqiyot banki orqali amalga oshiriladi. ASEAN davlatlari orasida Indoneziya Yaponiyaning Rivojlanish uchun rasmiy yordamini oluvchi eng yirik davlat hisoblanadi[23]. 1967-yildan 2007-yilgacha qirq yil davomida Yaponiyaning Indoneziyaga yordami birinchi navbatda Indoneziya boʻyicha hukumatlararo guruh, keyinroq Indoneziya boʻyicha maslahat guruhi doirasida amalga oshirilgan.

Yaponiyaning Indoneziyaga bergan iqtisodiy yordami miqdori[24](million dollar)
Krediy yordami Grant yordami Texnik hamkorlik Jami
2000 945.66 52.07 144.60 1,142.33
2001 702.83 45.16 117.27 865.26
2002 441.59 63.54 126.46 631.59
2003 946.77 82.36 120.66 1,149.79
2004 452.52 25.47 105.96 583.95
2005 1,072.18 172.21 98.40 1,342.79
2006 882.83 60.67 91.11 1,034.61
Umumiy 24,690.06 1,939.16 2,907.49 29,597.35

Harbiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyaning Indoneziyaga qarshi tarixiy harbiy tajovuziga qaramay, Xitoy tahdidining kuchayishidan oʻzaro xavotir ikki xalqni munosabatlarni mudofaa sohasiga oʻtkazishga undagan. 2021-yilda Yaponiya Indoneziyaga qurol sotishga rozi boʻldi[25]. 2022-yil iyul oyida Yaponiya Qoʻshma Shtatlar va Avstraliya bilan birgalikda navigatsiya erkinligiga qaratilgan Indoneziya harbiy mashgʻulotlariga qoʻshildi[26].

Yaponiya taʼsirining koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilgi Pew Research Center soʻrovi natijalari[27]
Mamlakatlar boʻyicha Yaponiyaning Osiyo/Tinch okeani koʻrinishi
(ijobiy-salbiy koʻrinishda)
Soʻrov oʻtkazilgan mamlakat Ijobiy Salbiy Neytral Farq
Xitoy bayrogʻi Xitoy
4%
90%
6 -86
 Janubiy Koreya
22%
77%
1 -55
 Pokiston
51%
7%
42 44
 Filippin
78%
18%
4 60
 Avstraliya
78%
16%
6 62
 Indoneziya
79%
12%
9 67
 Malayziya
80%
6%
14 74
2011-yilgi BBC World Service soʻrovi natijalariManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name
Yaponiya taʼsirining mamlakatlar boʻyicha qarashlari
(ijobiy-salbiy koʻrinishda)
Soʻrov oʻtkazilgan mamlakat Ijobiy Salbiy Neytral Farq
Xitoy bayrogʻi Xitoy
18%
71%
11 -53
 Meksika
24%
34%
42 -10
 Pokiston
34%
15%
51 19
 Janubiy Afrika
41%
17%
42 24
 Hindiston
39%
13%
48 26
 Fransiya
55%
29%
16 26
 Portugaliya
43%
13%
44 30
 Buyuk Britaniya
58%
26%
16 32
 Germaniya
58%
25%
17 33
 Gana
55%
11%
34 34
 Avstraliya
60%
26%
14 34
 Ispaniya
57%
19%
24 38
 Misr
52%
14%
34 38
 Keniya
61%
20%
19 41
 Turkiya
64%
21%
15 43
 Janubiy Koreya
68%
20%
12 48
 Italiya
66%
18%
16 48
 Braziliya
66%
16%
18 50
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya
65%
14%
21 51
 Kanada
67%
16%
17 51
 AQSh
69%
18%
13 51
 Chili
66%
14%
20 52
 Peru
64%
10%
26 54
 Rossiya
65%
7%
28 58
 Filippin
84%
12%
4 72
 Indoneziya
85%
7%
8 78


2011-yilgi BBC Jahon Xizmati soʻroviga koʻra, indoneziyaliklarning 85 foizi Yaponiya taʼsiriga ijobiy, 7 foizi esa salbiy fikr bildirgan. Soʻrovlar Indoneziyani dunyodagi eng yaponparast davlatlardan biriga aylantirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jusuf Wanandi. „Japan-Indonesia relations: A 50 year journey“. thejakartapost.com. The Jakarta Post (24-mart 2008-yil). Qaraldi: 23-iyun 2013-yil.
  2. Kumar, Ann. Globalizing the Prehistory of Japan: Language, Genes and Civilization.. Oxford: Routledge, 2009. 
  3. Shiraishi & Shiraishi 1993, s. 8
  4. Murayama 1993, s. 89
  5. Meguro 2005, s. 65
  6. Fukihara 2007, s. 27
  7. Charles Bidien (5–dekabr 1945–yil). „Independence the Issue“. Far Eastern Survey. 14-jild, № 24. 345–348-bet. doi:10.2307/3023219. JSTOR 3023219.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. Ricklefs (1991), page 207
  9. Kusuma, A.B.; Elson, R.E. (2011), „A note on the sources for the 1945 constitutional debates in Indonesia“ (PDF), Bijdragen tot de Taal-, Land- en Volkenkunde, 167 (2–3): 196–209, doi:10.1163/22134379-90003589, ISSN 0006-2294
  10. Inomata, Aiko Kurasawa „Indonesia Merdeka Selekas-lekasnya: Preparations for Independence in the Last Days of Japanese Occupation“,. The Heartbeat of Indonesian Revolution Abdullah: . PT Gramedia Pustaka Utama, 1997 — 97–113 bet. ISBN 978-979-605-723-8. 
  11. Hatakeyama & Hosaka 2004, ss. 676–677
  12. „秋篠宮ご夫妻、英雄墓地に献花 ジャカルタ“, Sankei Shimbun, 19–yanvar 2008–yil, 2009-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21–aprel 2010–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  13. „Changing Faces“, The Jakarta Post, 28–mart 2008–yil, qaraldi: 23–aprel 2010–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  14. Huge opportunity from Japanese investment
  15. „Indonesia seeks to renegotiate trade, investment deal with Japan“ (inglizcha). The Jakarta Post. Qaraldi: 12-oktabr 2020-yil.
  16. „Prime Minister Suga Visits Viet Nam and Indonesia“. MOFA, Japan (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 23-oktabr 2020-yil.
  17. „Japan offers Indonesia ¥50 billion loan to fight COVID-19“. Japan Times (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 23-oktabr 2020-yil.
  18. Hara, Chisato (23–aprel 2008–yil), „Exploring 'izakaya' in Blok M“, The Jakarta Post, April 23, 2008da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23–aprel 2010–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  19. Little Tokyo
  20. „Visa Waiver for Indonesian Nationals Based on a System of E-Passport Registration“.
  21. „Video: New foodie in town: Japanese ambassador to Indonesia snaps his daily lunch“.
  22. „Login • Instagram“.
  23. „JICA Indonesia Office“. 11-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2011-yil.
  24. „日本のインドネシアに対する経済協力実績額“. 29-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  25. Press. „Japan, Indonesia sign arms transfer pact amid China concerns“ (inglizcha). Defense News (30-mart 2021-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
  26. Lies, Elaine; Widianto, Stanley. „Japan to join 'Garuda Shield' military drills for first time“ (inglizcha). Reuters (27-iyul 2022-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
  27. „Japanese Public's Mood Rebounding, Abe Highly Popular“ (inglizcha) (PDF). Pew Research Center (11-iyul 2013-yil). 14-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]