Konfutsiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824) va boshqa

Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.

Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan.

Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.

Rasul Iosirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil