Ujungpandang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ujungpandang (1970 yilgacha Makasar) — Indoneziyadagi shahar. Janubiy Sulavesi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,09 mln. kishi (1995). Indoneziyaning sharqiy qismidagi eng katta port, chetga kopra, kofe, ziravorlar, oʻrmon mahsulotlari va koʻnteri chiqariladi. Ujungpandang — Sulavesi oroldagi savdotransport, moliya va madaniyat markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Kema verfi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda qamish va palma barglaridan, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Universitet, institutlar va ilmiy tadqiqot markazlari bor.