Missionerlik

Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.
13—16-asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.
Missionerlik 19-asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar.
Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |