Gruzin tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gruzin tili
Milliy nomi ქართული
Mamlakatlar Gruziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4.300.000 (1993)
Turkumlanishi
Alifbosi gruzin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 ka
ISO 639-2 kat
ISO 639-3 kat

Gruzin tili — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-asrlar), hozirgi gruzin (12-asrdan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. G. t.ning dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. Hoz. G. t. fonetika tizimida 5 unli 25 undosh boʻlib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va boʻgʻiz usti. Morfologiyada prefiks (old qoʻshimcha) va suffiksdan foydalaniladi. G. t.ning morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yoʻq, uning oʻrnida ergativlik mavjud. Koʻmakchilardan keng foydalaniladi. G. t. sintaksisi predikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qoʻshma gaplar ancha taraqqiy etgan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil