Kontent qismiga oʻtish

Iberiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iberiya, Iveriya (Iberia — iberlar nomidan olingan) — 1) Sharqiy Gruziya (Kartli) ning qad. nomi. Mil. av. 4-asr oxiri — 3-asrlarda I. hududida davlat barpo etilgan. I. ning aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan. Poytaxti — Msxeta, shuningdek, Urbnisi, Uplissix va b. shaharlarda kulolchilik, zargarlik va savdo rivojlangan. Mil. 337-yil da xristianlik davlat dini deb eʼlon qilingan. Mil. 4-asr oxirlarida I. Eronga tobe boʻlgan. 5-asr da I. podshohi Vaxtang I Gorgasal sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan, lekin forslar qoʻzgʻolonni bostirib shoq hokimiyatini tugatganlar hamda I. ni oʻz viloyatlariga aylantirganlar; 2) Ispaniyaning qad. nomi (mil. av. 3-asr oxiri — 2-asrlarda rimliklar tomonidan bosib olingunga qadar). Pireney ya. o. ningjan. va sharqiy qismida yashovchi tub joy aholi iberlar qabilasi nomidan olingan. I. atamasi dastlab yunon tarixchi alibi Gekatey Miletlik (mil. av. 6-asr) asarida uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil