Franklin D. Roosevelt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Franklin Rooseveltdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
ROOSEVELT, Franklin

Franklin Delano Ruzvelt (inglizcha: Franklin Roosevelt; 1882.30.1, Xayd Park, Nyu York shtati — 1945.12.4, Uorl Springs, Jorjiya shtati) — AQSHning 32-prezidenti (1933—45). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan). Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928-yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). Ikkinchi jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil