Kontent qismiga oʻtish

Magnezit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnezitkarbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MgCO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Ditrigonal-skalenoedr kristallar, koʻpincha, yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi oq, kulrang, sargʻish, pushti rang. Shishasimon yaltiroq, sof kristallari rangeiz. Qattiqligi 4—7; zichligi 3000 kg/m3. Moʻrt. Oʻta asosli togʻ jinslarining nurashidan va metamorfizm jarayonida talk bilan birga hosil boʻladi. Breynerit — listvenitlarning tipik minerali. Choʻkindi M. koʻl va lagunalarda dolomit va dolomitlashgan ohaktoshlar bilan birgalikda yotadi. Kristallangan M.ning katta uyumlari Avstriya, Janubiy Ural, Uzoq Sharq, Braziliya, Xitoy, Koreya va boshqa joylardan topilgan. M.ni sunʼiy ravishda ham oladilar. Oʻtga chidamli materiallar (gʻisht va boshqalar) tayyorlashda, oʻgʻit sifatida, magnezial sement olishda, sellyuloza, oyna-shisha, keramika sanoatida, lok-boʻyoq, sintetik kauchuk, qand ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil